ECHL. "Real Madrid" mavsumdagi 8-o'yinda ham g'alaba qozondi
15 sen 2022 01:56
Yangiliklar
ECHL. "Real Madrid" mavsumdagi 8-o'yinda ham g'alaba qozondi
"Real Madrid" – RB "Leypcig" 2:0
"Santyago Bernabeu" stadioni
Gollar: 1:0 – 80 Valverde, 2:0 – 90 Asensio.
"Real Madrid" – Kurtua, Karvaxal, Nacho, Ryudiger, Alaba (Mendi, 81), Modrich (Kroos, 81), Tchuameni, Kamavinga (Asensio, 64), Valverde, Vinisius Junior (Sebalos, 85), Rodrigo (Mariano Dias, 85).
RB "Leypcig" – Gulachi, Simakan (Xenrixs, 75), Orban, Diallo, Raum, Forsberg (Poulsen, 81), SHlager, Aydara (Kampl, 75), Soboslai, Verner (Andre Silva, 81), Nkunku.
Ogohlantirishlar: Aydara (73), Nkunku (82), Karvaxal (84), SHlager (90).
|
Real Madrid Federico Valverde - 80', Marco Asensio - 90' |
Champions League Grp. F . 2-tur 15/09/2022, 01:00 0
:
2
Tugadi
|
RB Leipzig |
Stadion: Estadio Santiago Bernabeu, 54289 tomoshabin
Bosh hakam: Maurizio Mariani

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.
90+4-daqiqa. Bo'ldi, hakamning final hushtagi yangradi va bu mavsum hali ochko yo'qotmagan "Real" yana g'alaba qozondi.
"Real" amalda uch ochkoni naqd qildi.
90+1-daqiqa. GOOOOOOLASOO! Marko Asensiodan juda chiroyli gol guvohi bo'ldik - 2:0.
90-daqiqa. Ogohlantirish! Ksaver SHlager Mendini quchoqlab olgani uchun kartochka ishlab oldi.
90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.
Standart vaziyatdan esa germaniyaliklar bu safar ham naf chiqara olishmadi.
88-daqiqa. Nkunku jarima maydonchasiga kiraverishdan kuchli zarba berdi, to'p yo'liga Karvaxal to'g'anoq bo'ldi. Burchak zarbasi.
85-daqiqa. O'zgarishlar! Rodrigo va Vinisius o'rniga Sebalos hamda Mariano Dias maydonga tushdi.
84-daqiqa. Ogohlantirish! Dani Karvaxal.
82-daqiqa. O'zgarishlar! Luka Modrich va David Alaba o'rniga Toni Kroos hamda Ferlan Mendi.
80-daqiqa. GOOOOOOOL! Fede Valverde Vinisiusning uzatmasidan keyin chap oyoqda zarba berib, darvozaning uzoq pastki burchagini nishonga oldi.
75-daqiqa. O'zgarishlar! Diavara va Simakan ketdi, Kampl va Benjamin Xenriks o'yinga qo'shildi.
73-daqiqa. Ogohlantirish! Amadu Aydara Vinisiusga nisbatan harakati uchun kartochka ishlab oldi.
72-daqiqa. Tezkor qarshi hujum. Valverde, Vinni, Asensio... Biroq hech biri to'pni darvozaga aniq yo'llay olmadi.
65-daqiqa. Tchuameni bilan havodagi kurashdan keyin Xaydaraga yordam ko'rsatish zarur bo'lmoqda. O'yinda "pauza".
64-daqiqa. O'zgarish! Eduardu Kamavinga o'rnini Marko Asensioga bo'shatib berdi.
62-daqiqa. Rodrigo o'ziga nisbatan fol uchun belgilangan jarima zarbasini amalga oshirdi, ammo juda noaniq.
60-daqiqa. "Real" ko'p hujum qilayotganiga qaramay, hozircha raqib darvoza tomon yo'l topa olmadi.
57-daqiqa. Karvaxal Nkunkuga nisbatan fol ishlatdi.
48-daqiqa. "Real" ikkinchi bo'limni ancha yuqori tempda boshladi.
46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!
45-daqiqa. Hakam birinchi bo'limning asosiy vaqtiga umuman daqiqalar qo'shmaslikka qaror qildi. Tanaffus!
43-daqiqa. SHlager bir qarashda Luka Modrichning ustiga chiqib ketay dedi, lekin hakam bu fol emasligi va penalti bermasligini malum qildi.
41-daqiqa. Luka Modrich "zamaxda" raqib himoyachisini chalg'itib, chap oyoqda zarba berdi, xavfli, lekin bu safar ham noaniq.
38-daqiqa. Burchak zarbasida hujumga kelib, hali ortga qaytib ulgurmagan Ryudiger bosh bilan zarba yo'lladi, ammo noaniq.
34-daqiqa. Xavfli vaziyat! Timo Verner to'pni Nkunkuning yo'liga tashlab bergandi, ammo Kristofer qanchalik urinmasin, uni darvozaga to'g'rilab yubora olmadi.
33-daqiqa. Mehmon futbolchilar to'pni o'z nazoratlarida ushlab turishibdi.
30-daqiqa. Timo Verner qarshi hujumni aniq zarba bilan yakunladi, ammo bu urinish Tiboga ortiqcha muammo tug'dirmadi.
28-daqiqa. Yana Nkunku raqib darvozasiga xavf solishga urindi. Unga imkon qoldirmaslikka harakat qilgan Tchuameni Kurtua bilan to'qnashib ketdi. Posbon o'ziga kelib olishi kerak.
24-daqiqa. Nkunku Karvaxaldan to'pni olib qo'ygandi, xavfli vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi, biroq hakam franciyalik futbolchi qoidani buzdi deb topdi.
21-daqiqa. Vernerning uzatmasidan keyin Forsberg zarba yo'lladi, lekin noaniq.
19-daqiqa. "Leypcig"ning hujumi o'ng qanotdan rivojlandi va to'p jarima maydonchasiga yo'naltirildi, ammo Karvaxal xavfni bartaraf etdi.
18-daqiqa. Tchuamenidan ajoyib "podkat".
15-daqiqa. Fede Valverde tepgan to'p himoyachiga tegib, maydonni tark etdi. Burchak zarbasidan keyin Rodrigo zarba uchun imkon topdi, ammo noaniq.
10-daqiqa. SHlager keskinlikni yo'qqa chiqarish maqsadida to'pni uzoqlashtirdi.
8-daqiqa. "Real" to'pni nazorat qilib turibdi.
6-daqiqa. Nkunku kutilmaganda zarba uchun qulay nuqtaga chiqib bordi va zarba berdi, Kurtua o'z o'rnida.
1-daqiqa. O'yin boshlandi!
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди
Суперлига. Турнинг сўнгги баҳсида "Сурхон" "Андижон"га ҳеч қандай имконият қолдирмай йирик ҳисобда мағлуб этди
Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди
Педри ва Ямаль "Эл Класико"дан кейин ижтимоий тармоқларда Карвахални кузатишни тўхтатди
Fikrlar