Doston Tursunov: "Ertaga Yaponiyaning ojiz taraflariga "zarba berish"ga harakat qilamiz"
14 iyu 2022 20:23
Yangiliklar
Doston Tursunov: "Ertaga Yaponiyaning ojiz taraflariga "zarba berish"ga harakat qilamiz"
U-23 Osiyo Kubogi yarim finalidan o'rin olgan O'zbekiston – Yaponiya o'yinidan avval futbolchimiz Doston Tursunov uchrashuv haqida "Championat.asia"ga fikrlarini bildirib o'tdi.

- Doston, avvalo, Iroq bilan o'yindagi g'alaba bilan tabriklaymiz. 120 daqiqalik hissiyotli o'yindan so'ng yigitlar ertangi bahsga qanchalik tayyor?
- Biz o'yinga yaxshi tayyorlanyapmiz, barchaning kayfiyati yaxshi. O'yinga tayyormiz deb o'ylayman.
- Jamoa Yaponiyani o'rganib chiqqan. Ularning muhim jihatlari haqida aytib berolasizmi?
- Yaponiyaning ham ojiz va kuchli tomonlari bor. Ularning ojiz taraflarini o'rganib chiqdik. Ertaga aynan shu taraflariga "zarba berish"ga harakat qilamiz.

- CHorak finalda 120 daqiqa harakat qildingiz. Jismoniy charchoqdan chiqib keta oldingizmi?
- Albatta, tiklanish yaxshi bo'ldi. Biz uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Muz, basseyn va boshqa yo'llar orqali tiklanishga ulgurdik.
- Ertangi uchrashuvga muxlislarning kirish-kirmasligi hali aniq emas. Bunga fikringiz qanaqa?
- Biz har ikki holatga ham tayyormiz. Agar muxlislar kirishsa, bizga yanada kuch bag'ishlashadi. O'tgan o'yinda ham muxlislar bizga 11-o'yinchi bo'lib berishdi. Ularning kirishi biz uchun yaxshi. Kiritilmasa ham tabiiyki g'alaba qozonishga harakat qilamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar