So’nggi yangiliklar

00:49Артета: "Гвардиола футболчи сифатида менинг қаҳрамоним эди. У билан ишлаш ҳаётимдаги энг тўғри қарорлардан бири бўлди"  1 00:45Роналду Globe Soccer талқинига кўра Яқин Шарқда йилнинг энг яхши ўйинчиси бўлишга номзод  0 23:50"Барселона" "Камп Ноу"даги очилиш ўйини учун сюрприз тайёрлаб қўйилганини маълум қилди  1 23:28ЎФА Туркиянинг етакчи қурилиш компаниялари билан учрашув ўтказди. Унда Янги Тошкент Марказий футбол ўйингоҳини бўйича лойиҳалар тақдим этилди  9 23:10"Барселона" 2022/23 йилги мавсумнинг охирида "Бавария"га бонус тўламаслик мақсадида Левандовскидан бошқа гол урмасликни сўраган  0 22:35Фабио Каннаваро: "Сафар энди бошланмоқда, бироқ биз тўғри йўлдамиз"  11 21:51"Бавария" ва "Барса" Гримальдога қизиқиш билдирмоқда  2 21:35Суперлига. "Шўртан" – "Бухоро" 1:1  0 21:09ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон беш поғона юқорилаб, Осиёнинг бешинчи жамоасига айланди  20 20:57Тони Кроос Винисиусни танқид қилди  1 20:36Криштиану Роналду АҚШ президенти Дональд Трамп билан учрашди  17 19:50"Боруссия Дортмунд" форварди уйидан қурол топилди  0 19:28Александр Хомяков: "Бугун ҳаракатнинг ўзи камлик қилди"  1 19:00Италия яна ЖЧ саралашида омадсизликка дуч келди — олдинда ўтиш ўйинлари. Буёғига нима бўлади?   10 18:55Асрор Алиқулов: "Ўз майдонимиздаги охирги ўйинда мухлисларга ғалаба совға қилишни мақсад қилгандик"  1

Dolen Omurzakov kim bo'lgan? Yangiliklar

Dolen Omurzakov kim bo'lgan?

Bugun Osiyo qitasida Jahon chempionati 3-saralash bosqich uchrashuvlari davom ettiriladi.

O'zbekiston terma jamoasi 2-turni safarda Qirg'iz Respublikasiga qarshi o'tkazadi. O'yin Bishkekdagi Dolen Omurzakov nomli stadionda bo'lib o'tadi hamda 19:00da boshlanadi. 

Bishkekdagi stadionga Dolen Omurzakov nomi berilgan. SHu o'rinda savol tug'ilishi mumkin: Dolen Omurzakov kim bo'lgan va nima uchun stadionga shu kishining nomi berilgan?

Malumot uchun, Dolen Omurzakovich Omurzakov Qirg'iz Respublikasi sport qo'mitasining birinchi rahbari hisoblanadi. Dolen Omurzakov etim o'sgan, uning qaysi sanada tug'ilgani hujjatlarda aniq qayd etilmagan. SHu bois 22 aprel deb yozib qo'ya qolishgan. Dolen Omurzakov yoshligidan sportga qiziqqan, avvaliga gimnastika, keyin esa boks bilan astoydil shug'ullangan. Oradan vaqt o'tib Lenin nomidagi jismoniya tarbiya va sport institutida tahsil olgan.

Oliygohda o'qib yurgan kezlari jismoniya tarbiya o'qituvchisi bo'lishni niyat qilgan Omurzakov keyinchalik aspiranturada tahsil oldi. 50-yillarda u Davlat qo'mitasining jismoniya tarbiya va sport bo'limi rahbarlik lavozimida ishlab, mamlakatda sport rivojiga katta hissa qo'shdi. Buning uchun Dolen Omurzakov 25 yil umrini sarfladi. Omurzakov sportga rahbarlik qilgan yillari Kojomkul nomidagi sport saroyi qurib bitkazildi, "Spartak" stadioni qayta tamirdan chiqarildi. SHuningdek, otchopar maydoni, tog'li hududda chang'i sport turi qarorgohi hamda alpinistlar uchun "Ala Archa" lageri qad rostladi. Bundan tashqari viloyat markazlarida sport maktablari tashkil etilib, yuzlab sportchilar tahsil ola boshladi.


Sport rivojiga qo'shgan hissasi uchun Dolen Omurzakov bir necha bor hukumat tomonidan taqdirlangan. Aynan uning say-harakatlari sabab Qirg'iz Respublikasi sportchilari spartakiada va Moskvada bo'lib o'tgan olimpiya o'yinlarida ishtirok etishga muvaffaq bo'ldi. O'sha vaqt 5 nafar qirg'iz sportchisining oltin medallarni qo'lga kiritishi mamlakat uchun katta voqea bo'lgandi.

Bir so'z bilan aytganda Dolen Omurzakov qirg'iz sportiga ulkan hissa qo'shgan shaxs bo'lgan. SHuning uchun Bishkekdagi markaziy stadionga uning nomi berilgan. 1989 yil vafot etgan sport tashabbuskori umrining oxirigacha mehrini sport rivojiga berdi, hatto nafaqaga chiqqan yillari ham turli sport tadbirlariga kelishni kanda qilmadi va shu orqali ko'plab murabbiylar bilan muloqotda bo'lib, xalq mehrini qozondi.


X.Xoliqov

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика