"Dinamo" uch nafar futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi
29 dek 2023 09:29
Yangiliklar
"Dinamo" uch nafar futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi
2023 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra, "Dinamo" jamoasi yana uch nafar futbolchi bilan kelishuvni uzaytirganini malum qiladi.
Pro liga va O'zbekiston kubogi 2023 yilgi mavsumida "Dinamo" jamoasi sharafini munosib himoya qilgan holda jamoaning Superligaga yo'llanma olishiga hissa qo'shgan Xurshid Ubaydullaev, Abubakr Muydinov va Muhammadbobur Asadullaev bilan amaldagi shartnoma 2024 yilning oxiriga qadar uzaytirildi.
Markaziy himoyachi sanalmish Xurshid Ubaydullaev, hujumkor yarimhimoyachilar Abubakr Muydinov va Muhammadbobur Asadullaev yangi mavsumda ham jamoa va muxlislarimizni ajoyib o'yinlari bilan xushnud etishiga ishonchimiz komil, deyiladi "Dinamo" klubi matbuot xizmati xabarida.



O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar