"Neftchi" Ubaydullaev bilan ikki yillik shartnoma imzoladi
27 dek 2025 22:41
Yangiliklar
"Neftchi" Ubaydullaev bilan ikki yillik shartnoma imzoladi
"Neftchi" matbuot xizmati Muhsin Ubaydullaev bilan shartnoma yana ikki yilga uzaytirilganligini malum qildi.
"Jamoamizning himoya qo'rg'onida o'zining ishonchli va sifatli o'yini bilan jamoamizning chempion bo'lishiga munosib hissa qo'shgan tajribali himoyachi Muhsin Ubaydullaev navbatdagi ikki mavsumda jamoamiz safida faoliyat olib boradi.
Muhsin Ubaydullaev ushbu mavsumda Superliga doirasida 27 uchrashuvda maydonga tushib, jami 2387 daqiqa harakat qilgan. Uning barqaror va professional o'yini jamoaning himoya chizig'ini mustahkamlaydi va raqiblarga qarshi ishonchli o'yin namoyish etadi.
Ishonamizki, Muhsin Ubaydullaev yangi mavsumda ham jamoamiz tarkibida ishonchli o'yini bilan muxlislarni xursand etishda davom etadi va jamoaning yuksak maqsadlariga erishishda muhim rol o'ynaydi", - deb yoziladi klub bayonotida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar