"Dinamo" "Paxtakor" va "Lokomotiv" sobiq futbolchisi bilan shartnoma imzoladi
08 fev 2024 18:57
Yangiliklar
"Dinamo" "Paxtakor" va "Lokomotiv" sobiq futbolchisi bilan shartnoma imzoladi
"Dinamo" jamoasi Superliga yangi mavsumi oldidan tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda.
Jamoa safida BAAdagi yig'inda ishtirok etgan va hozirda Turkiyadagi o'quv-mashg'ulot yig'inida qatnashayotgan Husniddin G'ofurov klub bilan bir yillik shartnomani imzoladi.
29 yoshli hujumkor yarimhimoyachi o'tgan mavsumni "Metallurg" safida o'tkazib, Superligada 17 o'yinda 4ta golga mualliflik qildi. SHuningdek, u faoliyati davomida Serbiya klublari, "Paxtakor", "Lokomotiv", OKMK, "Surxon", "Neftchi", "So'g'diyona" jamoalari sharafini ham himoya qilgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar