So’nggi yangiliklar

21:15Левандовски Ла Лига 2-турида "Барселона"на ёрдам бера оладими?  0 21:00Суперлига. "Хоразм" 15 йилдан сўнг уйига қайтган оқшомда "Қизилқум"га мағлуб бўлди  16 20:37Артём Петросян: "Ўйинни якка курашларда ютқазганимиз учун бой бердик"  0 20:08Шавкат Юсупов: "Локомотив"да Суперлига савиясидаги ўйинчилар йиғилган"  0 20:00Про лига. "Локомотив" "ФарДУ" майдонида ишончли ғалабага эришди, "Жайхун" "Олимпик" дарвозасига 3 та тўп киритди  1 19:46Мирко Еличич: "ФарДУ" курашувчан ва доим босим уюштирадиган жамоалар сирасига киради"  0 19:26Шавкат Мирзиёев Юқори Чирчиқ туманида барпо этилган Миллий футбол маркази билан танишди  4 19:08Кроос: "Нойер – барча даврларнинг энг яхши дарвозабони"  10 18:25Манба: Шаҳбоз Умаровнинг янги жамоаси маълум  4 17:57Беллингем Мадридда ўзи ва онасига уй олиш учун 32 млн евро сарфлади  6 17:26Нкунку "Бавария"га ўтиш арафасида  0 16:53"Арсенал" АПЛда бурчак зарбаси орқали 31 та гол урди  1 16:31Украиналик юлдуз ПСЖда россиялик дарвозабон билан мулоқот қилмаяпти  40 16:00Соядаги қаҳрамон Салиба, омади чопмаган "қизил иблислар" — "Арсенал" қийин ўйинда "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб этди   5 15:37"Бунёдкор" сўнгги дақиқаларда дурангни ғалабага айлантирган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1

Dinamo - Bunyodkor: Samarqanddagi tarix o'zgaradimi? Yangiliklar

Dinamo - Bunyodkor: Samarqanddagi tarix o'zgaradimi?

Teglar :  Dinamo Bunyodkor
Superligada bu safar ham aynan Samarqanddagi uchrashuv bilan turga start beriladi.

Co'nggi turda amaldagi chempion “Lokomotiv”ni mag'lub etgan “Dinamo” bu safar Vadim Abramov qo'l ostidagi Toshkentning “Bunyodkor” jamoasini qabul qiladi.

Superliga. 13-tur.
28 iyun, juma
DINAMO — BUNYODKOR
Samarqand, “Dinamo” stadioni.
Hakamlar:
Ahrol Risqullaev, Ruslan Serazitdinov, Aleksandr Sidorov, Firdavs Norsafarov
Nazoratchi: Mamur Saidqosimov
Komissar: SHerzod Rajabov
TV-translyaciya: Sport TV
CHipta narxi: 10 000 so'm.
O'yin vaqti: 18:00

Kim qanday holatda?
“Dinamo” jamoasi joriy mavsumda Samarqanddagi o'yinlarda mag'lubiyat nimaligini bilmayapti. Davron Fayziev jamoasi ushbu turda ham ushbu yoqimli ananani davom ettirishga intilishadi. Klub ayni damda 18 ochko jamg'argan holda to'plar nisbatiga ko'ra 6-o'rinni band etib turibdi.
Vadim Abramov boshchiligidagi “Bunyodkor” ham Superligada 18 ochko jamg'arib, gollar nisbatiga ko'ra, “Dinamo”dan keyingi 7-o'rinni band etib turibdi. O'tgan turgacha 3-o'rinda bo'lgan “Qaldirg'ochlar” so'nggi turda Termizda mag'lubiyatga uchrab, 7-o'ringa pastlagandi.

“Dinamo”ning so'nggi besh turdagi o'yini:
8-tur. “Dinamo” – AGMK – 1:0
9-tur. “Buxoro” – “Dinamo” – 0:0
10-tur. “Dinamo” – “Qizilqum” – 2:2
11-tur. “Qo'qon-1912” – “Dinamo” – 2:2
12-tur. “Dinamo” – “Lokomotiv” – 2:1

“Bunyodkor”ning so'nggi besh turdagi o'yini:
8-tur. “Bunyodkor” – “Qo'qon-1912” – 2:1
9-tur. “Lokomotiv” – “Bunyodkor” – 0:0
10-tur. “Metallurg” – “Bunyodkor” – 0:2
11-tur. “Bunyodkor” – “Nasaf” – 1:1
12-tur. “Surxon” – “Bunyodkor” – 2:0

O'ZARO O'YINLAR: 21-TO'QNASHUV

Oliy Liga tarixida «Dinamo» va «Bunyodkor» klublari o'zaro bugungacha 20 marta to'qnash kelishgan. Samarqanddagi o'yin 21-to'qnashuv sifatida tarixda qoladi. Ushbu bahsda “Dinamo” “Bunyodkor”ga qarshi Samarqanddagi tarixni o'zgartirish mumkin. Sababi, “Bunyodkor” tarixda Samarqandda mag'lub etilmagan.

O'zaro uchrashuvlar tarixi statistikasi «Bunyodkor» ustunligini ko'rsatmoqda. “Bunyodkor” 16 ta o'yinda g'olib bo'lgan, 3 ta o'yin durang hisobida yakunlangan. “Dinamo” ushbu raqibni hozirgacha bir marta mag'lub etgan – 2014 yilda Toshkentda Azamat Bobojonovning 90+4-daqiqada kiritgan goli evaziga.

To'plar nisbatida ham ustunlik “Bunyodkor” tomonida - 38:9. O'zaro o'yinlarda “Dinamo” 6, “Bunyodkor” esa 51 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Bunyodkor”ning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 4:0ga teng. “Dinamo”ning yagona g'alabasi – 1:0.

Samarqandda bo'lib o'tgan o'zaro so'nggi olti uchrashuv:
12.10.2017 «Dinamo» - «Bunyodkor» 0:2
12.10.2015 «Dinamo» - «Bunyodkor» 1:1
06.04.2014 «Dinamo» - «Bunyodkor» 0:2
18.04.2013 «Dinamo» - «Bunyodkor» 0:3
21.05.2012 «Dinamo» - «Bunyodkor» 0:1
15.04.2011 «Dinamo» - «Bunyodkor» 0:1

Eski tanishlar...

Bugungi kunda “Dinamo”da faoliyat yuritayotgan Vohid SHodiev o'z vaqtida “Bunyodkor” safida to'p surgan. “Qaldirg'ochlar” tarkibida ham sobiq “dinamochilar” bor. Xususan, samarqandlik himoyachi Anvar G'ofurov bir necha mavsumdan buyon “Bunyodkor”da to'p surayotgan bo'lsa, Javohir Qahramonov 2017 yilda aynan “Dinamo”dagi o'yinlari bilan muxlislarga tanilgan bo'lsa, Suhrob Izzatov o'tgan yili Pro-Ligada “Dinamo”ning asosiy futbolchilaridan biriga aylangandi.


Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика