Dilshod Salomov: "Mag'lubiyatimizga tarkibning yarmi yoshlardan iborat ekanligi va tajribasizlik sabab bo'ldi"
20 sen 2024 18:00
Yangiliklar
Dilshod Salomov: "Mag'lubiyatimizga tarkibning yarmi yoshlardan iborat ekanligi va tajribasizlik sabab bo'ldi"
Futzal bo'yicha jahon chempionati "E" guruhi 2-turidan o'rin olgan Portugaliya – Tojikiston (3:2) uchrashuvidan so'ng tojikistonliklar azosi Dilshod Salomov mikst-zonada saytimizga intervyu berdi.
"Portugaliyaning amaldagi jahon chempioni ekanligidan barcha xabardor. Biz qo'limizdan kelganicha bor kuchimiz bilan harakat qildik. Biz ikki o'yinda yomon o'ynamadik. Mag'lubiyatlarimizga tarkibning naq yarmi yoshlardan iborat ekanligini hamda tajribasizlik sabab bo'ldi. Toshkentga kelib, bizni qo'llab-quvvatlayotgan muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman", dedi Salomov.
Eslatib o'tamiz, Tojikiston terma jamoasi ikki o'yindan so'ng birorta ochko to'play olgani yo'q. Jamoa so'nggi turni Panamaga qarshi o'tkazadi.
Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar