So’nggi yangiliklar

10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  1 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  2 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  2 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  1 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  10 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  14 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  12 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  11 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  4 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  3 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  12

"Dibala niqobi"ni kashf etgan vunderkind Ronaldino unga kimligi, "Monako" va Buffon haqida Yangiliklar

"Dibala niqobi"ni kashf etgan vunderkind Ronaldino unga kimligi, "Monako" va Buffon haqida

"Yuventus"ning hozirgi kundagi asosiy yulduzi - Paulo Dibala Evropa chempionlar ligasi yarim finali oldidan UEFA rasmiy saytiga bir qator qiziqarli mavzularda intervyu berdi.


"Monako" haqida
- Yarim finalning har ikkala uchrashuvi juda qiyin o'tishini tushunib turibmiz. "Monako" Franciya chempionatida etakchilik qilmoqda, Jardim jamoasi juda chiroyli va kuchli futbol namoyish etmoqda. "Monako" yuqori saviyadagi futbolchilarga ega kuchli jamoa. Biz haqimizda ham shu narsalarni aytish mumkin. Demak muxlislarni ajoyib yarim final kutmoqda. Tomoshabop futbol bo'lishi shubhasiz.
"Monako" katta kuch bilan oldinga o'tadi, hujumkor o'ynashni yaxshi ko'radigan va buni zo'r eplaydigan klub. SHu boisdan ham juda ko'p gollar urishmoqda. Lekin shuni unutmaslik kerakki, ular hujumga o'tishni yaxshi ko'rishadi, demak bu raqib maydonchasida bo'sh hududlar ko'p bo'ladi.


Individual o'yini haqida
- Men to'p kelishidan oldin o'ylashga, tezkor qaror qabul qilishga urinaman. To'p senga kelganidan keyin raqib o'ylashga imkon qoldirmaydi. Barchasini to'pni qabul qilishdan o'ylab qo'ymoq lozim. Zamonaviy futbol juda tezlashib ketgan. Bir zumga ham to'xtab qolish yaramaydi.
O'yinlarni tahlil qilaman, raqib himoyachilarini qanday harakatlanishlarini o'rganib, uslublarini ko'rib olaman va keyin o'z imkoniyatlarimdan to'liq, maksimum foydalanishga urinaman. Ayniqsa chap oyog'imni ko'proq ishga solaman, chunki meni asosiy qurolim - chap oyoq.
Nima qilsam ham jamoamga naf keltirish, "Yuventus" manfaati uchun harakat qilaman.


"Dibala niqobi" haqida
- Yil boshida golni yangicha uslubda nishonlash haqida ko'p o'yladim. CHunki yangicha uslubda gollarimni nishonlashga qaror qilgandim. Ancha o'yladim. Bir kuni esa "Dibala niqobi"ni o'ylab topdim. Men bunga aniq bir mano qo'shaman, bu menga omad keltiradi. Futbol tili bilan aytganda, bu nishonlash "fartovyy" chiqdi. Gollarimni shunday nishonlashni boshlaganimdan buyon ishlarim ancha yurishib ketdi. "Dibala niqobi"ni nishonlagunimcha qo'limni burundan pastga qo'yishni yoqtiraman. Qolganlar esa o'z didlariga qarab pastga yoki tepaga qilishlari mumkin.


Kimni futbolkasini qo'lga kiritishni orzu qilayotgani haqida
- Ronaldino. Bu futbolchini futbolkasini qo'lga kiritishni orzu qilaman. Jennaro Gattuzo menga Ronaldinoga qo'ng'iroq qilib, men uchun futbolka so'rab berishga vada bergandi. Ular vaqtida birga to'p tepishgan. Lekin hozircha jim. Futbolkadan darak yo'q.
Ronaldinoni yoshligimda mening kumirim bo'lgan. Ronining futboldagi obrazi menga juda yoqardi. Men uning o'yinlaridan zavq olib, rohatlanardim. Ayniqsa Ronining yuzidagi tabassumi bilan o'ynashi manzur bo'lardi.
Evropada futbolchilar va murabbiylar bazida futbolga janubiy amerikaliklardek qarashmaydi. Biz shunchaki futboldan, o'yindan rohatlanamiz. Maydonda raqsga tushamiz, tabassum bilan o'ynaymiz, zavq olamiz. Men doimo maydondagi ishimdan rohatlanishga, zavqlanishga harakat qilaman. Men o'zimni shunday jangovor ruhda tayyorlayman va maydonda ishimdan rohat olishga, muxlislarga esa zavq ulashishga intilaman. Meni futbolagi falsafam shundan iborat.


Buffon va boshqa fidoyi jamodoshlari uchun ham ECHLda g'olib bo'lishlari kerakligi haqida
- 2017 yil "Yuventus"niki bo'lishi mumkin. Biz barcha musobaqalarda juda yaxshi ishtirok etyapmiz. ECHLda g'oliblikni qo'lga kiritish oson bo'lmasligi aniq. Bizdan tashqari yana uchta jamoa bosh sovringa ko'z tikmoqda. Lekin shunga qaramay biz bosh sovringa ega chiqish uchun barcha kuchimizni ishga solamiz.
Evropa chempionlar ligasida zafar quchsakkina ko'zlangan marrani zabt etgan bo'lamiz. Men va jamoadoshlarimiz aynan shu marrani ko'zlashmoqda.
ECHLdagi muvaffaqiyat "Yuventus"da ko'p yillardan buyon o'ynab kelayotgan Buffon, Kellini, Markizio, Bonuchchi, Barcali kabi futbolchilar uchun munosib mukofot bo'lardi. Bu futbolchilar "Yuve" uchun juda ko'p yillar sodiq va sadoqat timsoli bo'lishdi. Ular "Yuve"ga keragidan ortiqroq narsa berishdi. SHunday ajoyib futbolchilar hali ham ECHL "qulog'i"dan ushlashmagan. Ular bu sovrinni qo'lga kiritishga to'laqonli munosiblar.

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика