Deyarli barcha futbolchilari bilan xayrlashgan "Metallurg" chernogoriyalik hujumchisini transferga qo'ydi
24 dek 23:35
Yangiliklar
Deyarli barcha futbolchilari bilan xayrlashgan "Metallurg" chernogoriyalik hujumchisini transferga qo'ydi
Klub deyarli barcha futbolchilari bilan kelishuvni bekor qilgandi.
2025 yilgi mavsum malum sabablarga ko'ra Superligada ishtirok etmaslikka qaror qilgan “Metallurg” futbol klubi chernogoriyalik hujumchi Balsa Sekulichni transferga qo'ydi.
Eslatib o'tamiz, Balsa Sekulich “Metallurg” jamoasiga 2024 yilgi mavsumning ikkinchi yarmida kelib qo'shilgandi. U 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, 479 daqiqa harakat qildi. Raqiblar darvozasiga 1 ta gol kiritdi. 1 marta ogohlantirildi.
Malumot uchun, "Metallurg" klubi bir necha kun oldin rasman Superligada ishtirok etmasligini malum qilgandi. Bu klubning bosh homiysi jamoani moliyalashtirishni to'xtatgani bilan izohlangandi.
Fikrlar