Derbini boshqargan mashhur hakam totalizatorda qatnashganlikda gumon qilinmoqda
12 iyu 2020 15:28
Yangiliklar
Derbini boshqargan mashhur hakam totalizatorda qatnashganlikda gumon qilinmoqda
Rossiyalik bosh hakam Sergey Lapochkin totalizatorda ishtirok etganlikda ayblanmoqda.
"Metaratings" xabariga ko'ra, Lapochkin sobiq futbol hakami Pavel Stipidi bilan totalizatorda qalloblik qilgan bo'lishi mumkin. Gap uchrashuvlarda ko'rsatiladigan kartochkalar haqida ketmoqda.
Rossiya FI ushbu holat yuzasidan tergov ishlarini olib bormoqda. Agarda gumon tasdiqlansa, Lapochkin bir umrga hakamlikdan chetlatilinadi. Uning Moskva derbisidagi "Spartak" - "Lokomotiv" uchrashuvida ko'rsatgan qizil kartochkasi ham totalizatorga aloqador bo'lishi mumkin.
Qayd etish kerak, Lapochkin 2018/19 yilgi mavsumda Rossiyaning eng yaxshi hakami bo'lgandi.
Fikrlar