So’nggi yangiliklar

02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  7 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  0 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  3 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  3 00:07Сергей Лушчан: “Бугун улар ўз жамоаси учун эмас, рақиб учун ўйнашди. "Навбаҳор"да ишлар эканман, бу ўйинчилар энди таркибдан жой олмайди”  23 23:46"Наполи" МЮ футболчисини ўз сафига қўшиб олади  0 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  2 21:35"Бавария" Жексон билан келишувга эришди. Энди "Челси" билан музокаралар бўлиб ўтади  1 21:24"Марсель" "Реал" хавбекини ижарага олмоқчи  0 20:56Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Навбаҳор"ни йирик ҳисобда енгиб, илк ярим финалчига айланди  102 20:03Артём Петросян: "Қизил карточка ҳаммасини барбод қилди"  3 19:54Фарҳод Нишонов: "Олимпик" 10 киши бўлиб қолганига қарамасдан, астойдил курашди"  0 19:17Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  5 18:58Про лига. "Олимпик-MobiUz" бир киши кам "Олимпик" устидан минимал ғалабага эришди  0

Sergey Lushchan: “Bugun ular o'z jamoasi uchun emas, raqib uchun o'ynashdi. "Navbahor"da ishlar ekanman, bu o'yinchilar endi tarkibdan joy olmaydi” Yangiliklar

Sergey Lushchan: “Bugun ular o'z jamoasi uchun emas, raqib uchun o'ynashdi. "Navbahor"da ishlar ekanman, bu o'yinchilar endi tarkibdan joy olmaydi”

O'zbekiston Kubogi ¼ final bosqichidan o'rin olgan “So'g'diyona” – “Navbahor” (4:0) uchrashuvidan so'ng namanganliklar bosh murabbiyi Sergey Lushchan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Raqib jamoani g'alaba bilan tabriklayman. Muxlislarimiz oldida esa bu o'yin uchun chin dildan uzr so'ramoqchiman. Barcha ayb o'zimda. Men o'yin uchun tarkibni va taktikani noto'g'ri tanladim.

Ayniqsa, tarkib masalasida. Reja boshqacha edi. Har holda, bu muvaffaqiyatsizlik uchun uzr so'rayman. Bundan keyin nima bo'lishini ko'ramiz. Besh o'yindan buyon ayrim futbolchilar maydonda umuamn ko'rinmayapti. Bugun ular o'z jamoasi uchun emas, raqib uchun o'ynashdi.

Bu erda ishlar ekanman, bu o'yinchilar endi tarkibdan joy olmaydi" - dedi Sergey Lushchan bugungi bahs haqida.


- Bugun tarkibni to'g'ri tanlay olmadim dedingiz. Agar hisob qanday bo'lishini bilganingizda, qanday tarkib tanlagan bo'lardingiz? Aynan qaysi futbolchilarni maydonga tushirganingizdan afsusdasiz?

-  Menda o'z malumotlarim va tushuncham bor. Odamlarga ishonch bildirgan edim, hayot shuni ko'rsatadiki, har kimga ham ishonib bo'lmaydi. Bu sport. O'zim ham bundan bir necha bor jabr ko'rganman, bugun ham shunday bo'ldi.

Sportda raqobat bor. O'yinchining familiyasi yoki qiymati muhim emas. 2-3 ta o'yinda sen kutilgan natijani ko'rsatmasang, bu o'yinchi maydonda bo'lmasligi kerak.


- Mag'lubiyatning asosiy sababi nima deb o'ylaysiz? 

-  Birinchidan, o'yinni raqib jamoaga moslab qayta qurish kerak edi. Tajribali futbolchilarni maydonning markaziga joylashtirish va asosiy etiborni ikkinchi bo'limga qaratish lozim edi. Bilamizki, raqibimiz ikkinchi bo'limda ham kuchliroq o'ynaydi.


- Futbolda bir o'yinda har narsa bo'lishi mumkin. Hatto Evropa top klublari ham bazan yirik hisobda yutqazishadi, lekin bu bir o'yin, va keyin hammasi unutiladi. Bugun “Navbahor”da shunday omadsiz o'yin bo'ldimi yoki raqib jamoangizdan to'liq ustun keldimi?

- Bugun himoya umuman yo'q edi. Bizda Mirsaidov, Ahmedov, G'ofurov o'ynadi. Qolganlari yo'q edi. Raqib hujumining so'nggi bosqichini bartaraf etishda ishtirok etishi kerak bo'lgan futbolchilar shunchaki yo'qolib qolishdi.

Endi rahbariyat bugungi mag'lubiyatdan so'ng bir qarorga kelishi kerak. Aslida shunday ham bo'lishi kerak.


- Tezkor gol o'yin natijasiga qanchalik tasir o'tkazdi?

-  Agar etibor bergan bo'lsangiz, biz uchinchi o'yinki dastlabki daqiqalarda gol o'tkazib yuborayapmiz. Buning sababini bilmayman. Aytmoqchimanki, bu erda bizning asosiy muammomiz - himoyada o'ynash va himoyadan chiqish. Yigitlarga ikki hafta dam berilgandan keyin ularga nima bo'lganini bilmayman. Mashg'ulot jarayonida hammasi joyida. Maydonda esa hamma yo'qolib qoladi.


Hozir his-tuyg'ularim tasirida ortiqcha gap aytib qo'yishdan qo'rqaman. Kimgadir chuqurroq tushuntirish kerakdir, albatta, lekin avval vaziyatni o'rganib chiqish, mashg'ulot jarayonidagi muammolarimizni aniqlash lozim. Aytgancha, men faqat mashg'ulot jarayoni haqida gapirayotganim yo'q, bizda ko'p narsa joyida emas.

O'yinda nima bo'layotganini tushunish juda muhim. Bu juda qiyin. Ehtimol, kimgadir nimadir etishmayotgandir, men esa bu vaziyatni sinchiklab o'rganib chiqaman. Chunki futbolchilarning tushkunlikka tushmasdan o'ynayotgani aniq ko'rinib turibdi. Nima bo'layotganini tahlil qilish va vaziyatni qanday yaxshilash mumkinligini xotirjam o'ylab ko'rish kerak.


-  Lyupcho Dorievning bugungi o'yinini ko'rdingiz. Dorievning Superliganing eng yaxshi futbolchisi degan fikrga qo'shilasizmi? 

-  Yo'q. Bizda juda ko'p yaxshi futbolchilar bor. Har bir jamoada 2-3 nafar futbolchi bor, ular haqiqatan ham Evropa va jahon futboli darajasiga mos keladi. Yani futbolimiz va chempionatlarimiz darajasi juda yuqori. Buni tan olish kerak. Dorievga kelsak, u o'tgan yili shunday o'ynadi. U paytda jamoa yanada quvnoqroq edi. Yovovich ham tarkibda edi. 


-  Bugun o'yindan oldin bazi jurnalistlar bugungi o'yin natijasi ikki jamoa murabbiylarining kelajagini aniqlab beradi deya yozishgan edi. Siz hozir rahbariyat bir qarorga keladi dedingiz. Jamoadagi kelajagingizni nazarda tutdingizmi yoki tarkibdagi o'zgarishlarni?

-  Yo'q, men hech narsaga ishora qilayotganim yo'q, shunchaki ishlarning qanday yo'lga qo'yilganini bilib olyapman, xolos. Uch hil murabbiy bor, ishlayotgan ishsiz va yaqinda bo'shatilgan. Bu bizning ishimiz va qismatimz. Bu erdagi barcha qarorlarni rahbariyat qabul qilishi kerak.


Agar ular bizni ideal emas deb hisoblashsa, bunday o'yinlardan keyin esa, nafaqat rahbariyat, balki muxlislar ham norozi bo'lishadi. Birinchi davradan keyin ikkinchi o'rinda bo'lishi mumkin bo'lgan jamoaning hozirgi ahvoli yaxshi emas. Ketma-ket uchinchi o'yinda nima bo'layotganini bilmayapmiz. Futbolchilarga nima bo'layotganini tushuna olmayapmiz.


Mashg'ulotlarda hamma narsa mukammal. Yakuniy qarorni rahbariyat qabul qiladi. Agar biror nomzod bo'lsa, men minnatdor bo'laman. Bu erda menga juda yoqdi, barcha sharoitlar va rahbariyatning bizga bo'lgan munosabati yaxshi bo'ldi.


Bunday o'yinlardan so'ng jiddiy o'zgarishlar qilish kerak. Murabbiy kim ekanligining farqi yo'q, Trappatoni-mi yoki Lushchan. Gvardiola ham ketma-ket uchta bahsda mag'lub bo'lsa, uni ham ishdan bo'shatishadi.


Afsuski, jamoa bilan nima ro'y berayotganini bila olmayapman. Agar nima bo'layotganini bilganimda, bunchalik afsuslanmasdim.

Reyting: -2   

Fikrlar

+1   
26 avg 00:43:39
Максуд Умаралиев
Чемпионатдаги уйинларингни куриб аламзада буб тургандим, энди умуман гапиргим хам келмай колди санлани тугрингда, ушанча пулларни олгандан кейин ютишларинг керакда ниманидир, санлани соврин олишларингни кутавериб мухлисларни юраклари кон бубкетдику, лекин хамма командада хам инкирозлар булиб туради, майли кутамиз(чемпион булганнига 29 йил булибди) Навбахор мухлиси!
+1   
26 avg 00:39:52
MuhlisUz
"Афсуски, жамоа билан нима рўй бераётганини била олмаяпман. Агар нима бўлаётганини билганимда, бунчалик афсусланмасдим."
+1   
26 avg 00:21:47
Mirshohid
Bu murabbiy emasligini hamma biladiku rahbariyat ham juda yahshi bilgan. Uzi ketishini aniq bilib turgani uchun bazi futbolchilarni qayta tushurmayman deyapti. Uyinchilaring ham uzingni saviyangda janob “kopeyka”
+1   
26 avg 00:15:33
Saidjahon
Andijon va Navbahor muhlislar o'rtasida yigilish qilish kerak shekilli.
+1   
26 avg 00:08:15
Ўзбек футболининг муҳлиси
Энг яхши йўл-кетиш керак!
   
26 avg 02:15:43
@HAQIQATGUY MUHLIS@
Rahbarla uchun uynaydigan uyichila kupayib ketti sen harip bulib yuribsan .
   
26 avg 02:14:34
Kamol505.
Rustam Ruziyev foydalanuvchining fikriga javob berish
Бир вақтлар Куперни ҳайдалиши учун футболчилар Фаластинга қарши ўйинда пала партиш ўйнаб ютқазишганди. Навбаҳор футболчилариям Лушанни жамоада кетгазиш учун атай ёмон ўйнаган бўлишлариям мумкин. Лушан қолиши керак ва жамоада ўзини мураббийдан устун қўймоқчи, ёки мураббийга гапини ўтқазмоқчи бўлган футболчиларни жамоадан ҳайдаш керак. Агар раҳбарият Лушанни ҳайдаса футболчилар кейинг мураббийгаям босим қилишади.
тугри
   
26 avg 02:14:06
Kamol505.
تعمورخن ومار خجا foydalanuvchining fikriga javob berish
Navbaxor shuniki boʻlsa kerakda axad qayumga oʻxshab direktorxam rejissiorxam aktiyorxam oʻzi)))
Бошка мазмунда айтдила манимча гапни. Сабаби Навбахорхам анча булди мухлислар билан куришиб очик ойдин гаплашмаганига. Бу холат Андижондахам шуни назарда тутиб айтдила, хар икки жамоа уйинчилари ва мухлислари уртасида от делно йигилиш килиш керак деб
   
26 avg 02:12:40
Kamol505.
Ха чута нито уйинчилар орасида хоин борга охшайди кимдир уйинларни берворябди
   
26 avg 02:10:55
Islombek Dusmurodov
Azim Ahmedov degan erkatoy bor shuni unutmang Futbolda tanish bilish boʻldimi oʻsha jamoa oʻlik hisoblanadi Azim Ahmedovni birinchi liga klubidayam oʻynatmasdim
   
26 avg 01:06:28
BOBIRBEK_URINOV⚽️
Saidjahon foydalanuvchining fikriga javob berish
Andijon va Navbahor muhlislar o'rtasida yigilish qilish kerak shekilli.
2та далбинлар уртасидами? Бир бирларингни отишга укларинг йукку!!!
   
26 avg 00:42:50
MuhlisUz
"Афсуски, жамоа билан нима рўй бераётганини била олмаяпман. Агар нима бўлаётганини билганимда, бунчалик афсусланмасдим."

Билмаётган булсанг, биладиганга жойни бушат, билмаслигини аник ва такрор тан олиб турган мураббийни ушлаб туриш ё ахмоклик ёки мухлисларни устидан кулиш!!!
   
26 avg 00:37:28
Redminote13
Биргина Алишер Одиловни кетиши Навбахор ўйинига салбий, Нефтчига ижобий таъсири сезилди.
   
26 avg 00:31:59
تعمورخن ومار خجا
Аваз Худойқулов foydalanuvchining fikriga javob berish
Азим Ахмедовни нима учун ҳалиям таркибда ушлаб туришипти билмайман, умуман ҳужумларга ҳам қўшилмайди, тезлик ҳам анча пасайган, ҳам ҳимояда ҳам ҳужумда қўшиладиган ёшроқ, чаққонроқ ҳимоячи қўйиш керак
Navbaxor shuniki boʻlsa kerakda axad qayumga oʻxshab direktorxam rejissiorxam aktiyorxam oʻzi)))
   
26 avg 00:21:01
Mirshohid
Bu murabbiy emasligini hamma biladiku rahbariyat ham juda yahshi bilgan. Uzi ketishini aniq bilib turgani uchun bazi futbolchilarni qayta tushurmayman deyapti. Uyinchilaring ham uzingni saviyangda janob “kopeyka”
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика