So’nggi yangiliklar

12:27Расман: Футзал ва соҳил футболи учун алоҳида федерация очилади  1 11:44Ҳакамликда навбатдаги можароми? Элёр Турсуновга ким нимани ваъда қилган?  16 10:52«Локомотив» яна бир легионер футболчи билан келишувга эришди  6 10:15«Қизилқум» футболчиси ОКМКга ўтди  0 09:37«Нефтчи» футболчиси эркин агентга айланди  2 09:00Бекобод жамоасида нималар бўлмоқда? «Металлург»ни яна 12 нафар футболчи тарк этди  20 08:24The Best-2024 сўровномасида Месси кимларга овоз берди? Португалия номидан Роналдунинг ўрнига ким овоз берди?  14 07:51«Андижон»нинг яна бир футболчиси «Локомотив»га ўтмоқда  6 00:39Сречко Катанец, Элдор Шомуродов ва Даврон Файзиев The Best соврини учун кимларга овоз беришди?  16 00:10Родри иккинчи, Месси эса олтинчи ўринда – The Best соврини учун кураш қандай кечди?  10 23:48Холанд, Родри, Ямал, Салиба, Мартинес, Диаш ва "Реал"нинг 5 ўйинчиси ФИФА талқинига кўра йил жамоасида!  2 23:39Анчелотти ФИФА талқинига кўра 2024 йилнинг энг яхши мураббийи  3 23:13Винисиус Жуниор The Best совринини қўлга киритгандан сўнг нималар деди?  9 23:02Винисиус ФИФА томонидан йилнинг энг яхши футболчисига бериладиган The Best мукофотини қўлга киритди  17 22:57Мартинес иккинчи марта ФИФАнинг йилнинг энг яхши дарвозабонига бериладиган мукофотини ютди. France Football'нинг Яшин соврини ҳам "Астон Вилла" ўйинчисида  9

Debyutida chetlatilgan, APL klublari nazariga tushgan, hakamga musht tushirgani uchun yarim yil futbolsiz qolgan hamda maoshini bolalarga hadya qilgan Superliganing eng yaxshi xorijlik o'yinchisi bilan yaqindan tanishamiz Yangiliklar

Debyutida chetlatilgan, APL klublari nazariga tushgan, hakamga musht tushirgani uchun yarim yil futbolsiz qolgan hamda maoshini bolalarga hadya qilgan Superliganing eng yaxshi xorijlik o'yinchisi bilan yaqindan tanishamiz

SHuningdek, u CHernogoriya chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan, "Paxtakor" sobiq murabbiyi qo'l ostida to'p tepgan hamda terma jamoa murabbiyisiz Evropa chempionati saralash bosqichida maydonga tushgan. Qolaversa, jamoasining samolyotda alkogol istemol qilishgani va uning qaysi futbolchi muxlisi ekanligini hamda bir o'yinda ham raqib, ham o'z darvozasiga to'p kiritgani haqida bilib olishingiz mumkin.

Vladimir Yovovich 1994 yilning 26 oktyabrida CHernogoriyaning Nikshich shahrida tug'ilgan. Faoliyatini mahalliy "Suteska" jamoasida boshladi. U klubning 17 yoshgacha bo'lgan jamoasida qatnasha boshladi va 2009/10 yilgi yoshlar ligasida 8 ta gol urdi. Keyingi yil 22 o'yinda 9 marotaba raqiblari darvozasini ishg'ol qildi. 

Yovovichning "Suteska" asosiy jamoasidagi debyuti 2012 yil 11 aprelda "Buduchnost" jamoasiga qarshi o'tdi. O'shanda Yovovich uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, 39-daqiqada maydondan chetlatildi. Birinchi bo'limda ozchilik bo'lib qolgan jamoasi esa 0:3 hisobida yutqazdi. 

Vladimir ilk golini 17 noyabrda "Edinstvo" darvozasiga joylab qo'ydi. SHunga qaramay, 2012/13 yilgi mavsumda yosh futbolchi "Suteska" bilan mamlakat 1-ligasi (yuqori divizion)da chempionlikni qo'lga kiritdi.

Asta-sekin yosh Yovovich nafaqat jamoaga moslashib bordi, balki ko'zga ko'rinarli futbolchiga aylandi. 2014 yil u CHernogoriya chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 2015 yil unga Angliyaning bir qancha klublari, xususan, "Aston Villa", "Kristal Pelas", "Kuinz Park Reyndjers" klublari qiziqish bildirgan. Biroq bu qiziqishlar qizishqon futbolchining janjali tufayli barbod bo'ldi.

2015 yilning mart oyida yana "Buduchnost"ga qarshi bahsda Yovovich raqib o'yinchisi Milosh Novovichga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun hakam unga qizil kartochka ko'rsatdi. Keyinchalik u hakamning iyagiga musht tushirgani uchun CHernogoriya futbol rahbariyati tomonidan 6 oyga futboldan chetlatildi. Keyinchalik Yovovich bu ishi uchun raqib futbolchisi va hakamdan uzr so'radi.


Men janjalkash emasman. Lekin o'shanda nimadir meni yo'ldan urdi. Derbi maqomidagi o'yinlarda asabiylashish tabiiy holga aylanadi. O'sha kunni eslashni ham xohlamayman. Bundan o'zim uchun saboq oldim.

Yovovichning "Suteska" bilan shartnomasi 2014/15 yilgi mavsum oxirida yakuniga etgan. So'ngra diskvalifikaciyasi yakunlangach, "Crvena Zvezda" tarkibiga borib qo'shildi. Biroq bu klub safida to'p tepish deyarli nasib etmagan, chunki ijarama-ijara yurdi.

2017 yil "Crvena Zvezda"ni tark etgan Yovovich 1 avgustda CHexiya Birinchi ligasi jamoasi "Yablonec" klubi bilan bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

O'sha yilning 20 avgustida "Dukla Praga" jamoasiga qarshi o'yinda (2:2) yangi klubida debyut qilgan hujumkor yarim himoyachi o'zining dastlabki golini 17 sentyabrda "Visochina Jilava" jamoasiga qarshi o'yinda (5:0) urdi.

"Yablonec" safida 2019 yil "Sigma"ga qarshi o'yin Yovovich uchun unutilmas uchrashuvlardan biri bo'lib qolgan. 2:2 hisobida yakunlangan bellashuvning 19-daqiqasida yarim himoyachi jamoasini oldinga olib chiqqan bo'lsa, 31-daqiqada o'z darvozasiga to'p kiritib qo'yib, muvozanatni tenglashtirdi. Ikkinchi bo'limda esa jamoadoshining raqib darvozasini ishg'ol qilishida assist amalga oshirdi.

2022 yil Yovovich xorij klublari bilan kelishuvlar amalga oshmagach, o'zi tug'ilib o'sgan va o'ynagan "Suteska" jamoasiga o'tdi va bir mavsum o'tkazgach, yana "Yablonec"ga qaytdi. "Suteska" kelgach, CHernogoriya chempionatining eng qimmat futbolchisiga aylandi, o'shanda uning transfer qiymati 600 ming evroga baholangan.

Vladimirning unga qadrdon "Suteska" bilan mavsum yakuniga qadar mo'ljallangan shartnomasida maoshining bir qismini bolalar maktabiga xayriya qilish belgilangan. SHuningdek, u hech qanday mukofot olmaslik, kelgusida CHernogoriya milliy terma jamoasiga chaqirilgan taqdirda, klub tomonidan beriladigan qo'shimcha pulni qabul qilmaslikni maqul topdi.

Hujumkor yarim himoyachi "Yablonec" tarkibida CHexiya chempionatidagi 6 mavsum davomida jami 18 ta gol urdi va 30 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Mavsumning birinchi qismida esa u ligada atigi to'rt marta asosiy tarkibda maydonga tushdi.

2024 yil 9 yanvarda klubni tark etgan Yovovich O'zbekistonning "So'g'diyona" klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Uning Jizzax klubiga kelishida chernogoriyalik bosh murabbiyi Ivan Boshkovichning hissasi katta edi.

Ivan Boshkovich menga qo'ng'iroq qildi va klub mening xizmatlarimga qiziqayotgani haqida aytib o'tdi. Men barchasi "Yablonec"ning qo'yib yuborishiga bog'liq ekanligini aytdim. SHundan so'ng jamoam prezidenti janob Pelta bilan gaplashdim. "Yablonec" O'zbekiston klubi bilan kelishib olishimga imkon berdi, balki bunga oxirgi yarim yilda ko'p o'yin amaliyotiga ega bo'lmaganim sabab bo'lgandir.

Men ilgari O'zbekistonda bo'lmaganman, biroq bu ligada Serbiya va CHernogoriyadan ko'plab futbolchilar to'p tepishidan boxabar edim. Ular orasida do'stlarim ham bor edi. O'zbekiston men uchun yangi sarguzasht edi.

Mavsum davomida u jamoa etakchilaridan biriga aylandi. SHu jumladan, "Navbahor"ga qarshi o'yinda xet-trik qayd etib, jamoasiga muhim g'alabani taqdim etdi.


CHexiya chempionati men to'p tepgan ligalar ichida eng kuchlisi hisobalanadi, u erda derbilar ko'p. O'zbekistonda ham liga yaxshi tashkil etilgan, standionlar ham yaxshi. "So'g'diyona" bazasida men uchun hamma narsa muhayyo — sport zali, basseyn, yashash joyi va boshqa narsalar.

Yil so'ngida esa chernogoriyalik yarim himoyachi O'zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan Superliganing ramziy jamoasiga kiritildi hamda chempionatning eng yaxshi xorijlik futbolchisi deb topildi.

Mavsum yakunlangach, Yovovich Farg'onaning "Neftchi" klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.

Yovovich CHernogoriya terma jamoasida 19 yoshida, 2013 yilning 17 noyabrida Lyuksemburgga qarshi o'rtoqlik o'yinida debyut qildi. SHu kunga qadar terma jamoa libosida 50 dan ortiq o'yin o'tkazgan futbolchiga gol urish nasib etmagan.

Terma jamoa safida 50 dan ortiq o'yin o'tkazib, gol urolmaganim uchun ko'p marotaba bosim ostida qolganman, ammo bu haqda o'ylashni istamayman. Poziciyadan kelib chiqib aytsam, men uchun gol urish o'ta muhim emas. Men uchun gol urishdan ko'ra, yirik musobaqalarda ishtirok etish va natijaga erishish muhimroq.

Yovovich terma jamoadagi ko'pgina o'yinlarni "Paxtakor" sobiq bosh murabbiyi Miodrag Radulovich qo'l ostida o'tkazdi.

Yovovichning terma jamoadagi faoliyatida ham qiziq voqealar yuz bergan. Jumladan, Evro-2020 saralash bosqichi doirasida CHernogoriya o'z maydonida Kosovoga qarshi o'yin o'tkazishidan bir kun ilgari mezbonlar bosh murabbiysiz qolishdi. Gap shundaki, terma jamoaning serbiyalik ustozi Lyubisha Tumbakovich mamlakatining mustaqilligini tan olmaydigan mamlakatga qarshi o'yin o'tkazishdan bosh tortdi.

Murabbiyning bu harakati jamoaga sezilarli tasir o'tkazdi, CHernogoriya Kosovoni o'z maydonida enga olmadi(1:1), uch kundan so'ng vaqtinchalik murabbiy Aleksandr Yankovich qo'l ostida CHexiyaga 0:3 hisobida mag'lub bo'ldi.

Bundan tashqari, CHernogoriya JCH-2018 1-saralash bosqichi doirasida Daniya maydonida 1:0 hisobida g'alaba qozongan. Muvaffaqiyatdan ruhlangan va 7 ochko bilan guruh peshqadamlari safidan o'rin olgan Mirko Vuchinich etakchiligidagi chernogoriyalik futbolchilar bo'ronli ob-havoda uyga qaytishdi. Samolyotda bazi futbolchilar spirtli ichimliklar istemol qilishgan, barcha "CHernogoriya, seni sevaman" qo'shig'ini baralla ijro etishgan, raqs tushishgan. Voqeadan videolar Instagram tarmog'iga joylashtirilgan, biroq keyinchalik o'chirib yuborilgan.

Endilikda Vladimir Yovovich yangi mavsumga yangi jamoasi safida tayyorgarlik ko'radi.

O'zbekistonga kelganimda, bu erda hamma narsa boshqacha edi, lekin tezda ko'nikdim, bu erdagi odamlar, madaniyat va hayotdan mamnunman. Hammasi yaxshi ketmoqda va umid qilamanki, shundayligicha qoladi. Ko'nikishga kelsak, eng qiyini ovqatga ko'nikish edi, lekin asta-sekin bunga ham o'rganyapman. Ajablanarlisi shundaki, bu erda bizning mamlakat odamlari bisyor, men va mening oilam uchun bu erdagi hayot yaxshi. O'zbekistonga mentalitet nuqtai nazaridan bizga ancha yaqinroq bo'lgan bazi mamlakatlarga qaraganda tezroq ko'nikdim.

CHernogoriya va O'zbekiston futboli o'rtasidagi farq juda katta. Bu erda individual miqyosda juda ko'p ishlashadi, CHernogoriya futbolchilari yaxshiroq klublarda o'ynashlari mumkin, ammo bu erda futbol juda tez rivojlanmoqda va agar bizning ligani O'zbekiston ligasi bilan solishtiradigan bo'lsam, katta farq bor. Infratuzilma, moliya, ular bu borada maqtanishga arziydigan ko'rinishga kelgan. O'zbekistonda futbolga ko'p sarmoya kiritilgan, ularning yosh terma jamoasi Parijdagi Olimpiya o'yinlariga borgani bundan dalolat beradi. Futbolchilarning maoshi ham havas qilsa arzigulik darajada.

Mahalliy futbolchilar Osiyodan tashqariga chiqishni boshladilar va men hammasi qanday rivojlanayotganidan hayratdaman. Masalan, bu erda to'p tepish CHexiya Respublikasidagidan ko'ra ancha oson bo'ladi deb o'yladim, lekin amalda buning aksi bo'lmoqda. Bir tomondan, bu yaxshi, mashg'ulotlar talabchan ruhda olib boriladi, hamma qattiq mehnat qilishni yaxshi ko'radi va bu ularning futboli bilan bizning futbolimiz o'rtasidagi eng katta farq hisoblanadi.

Darvoqe, Yovovich bolaligidan Ronaldino muxlisi bo'lgan, o'z mamlakati futbolchilardan esa Mirko Vuchinich o'yinlariga havas qiladi.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +5   

Fikrlar

   
14 dek 12:20:29
Jan Reno
Биздаги Яхшибоев Жасурдан эканда характери.
Жасур хам зур уйинчи лекин характер ёмон. Карьерасини улдирди.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика