So’nggi yangiliklar

22:51Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятга лойиқ эмасдик"  0 22:35Отабек Нарзуллаев мағлубият сабабини айтди  1 22:16Виталий Левченко: "Ғалаба қозонган бўлсак-да, кўплаб хатоларга йўл қўйдик"  2 22:01Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" - "Крайова" баҳси асосий таркиблари  8 21:55Суперлига. "Бухоро"нинг 5 ўйинлик ғалабасиз серияси "Қўқон-1912" билан баҳсда якунланди  13 21:40Қатардаги U17 Жаҳон чемпионатида 3 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  3 21:13"Барселона" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 20:54Суперлига. "Нефтчи" "Машъал"ни тотал устунлик билан ютди ва етакчиликни қўлга олди  38 20:20Жезуш: "Стадиондаги мухлисларнинг 80 фоизи Роналду учун келади"  22 19:49Манба: "Челси" Жексонни ижарага беради  0 19:20Жо Коул АПЛ мавсум фаворитини айтди  2 18:46"Наполи" Довбикни сотиб олмоқчи  2 18:21Лукаку: "Жароҳатлар – футболнинг бир қисми"  0 17:312 ўриндиққа 3 одам  6 17:19"Аяччо" банкротлик жараёнини бошлади  4

Davron Fayziev mag'lubiyatda barcha aybni o'z bo'yniga oldi va samarqandlik muxlislarga murojaat qildi Yangiliklar

Davron Fayziev mag'lubiyatda barcha aybni o'z bo'yniga oldi va samarqandlik muxlislarga murojaat qildi

"Bunyodkor" - "Dinamo" (4:2) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Davron Fayziev o'z fikrlarini bildirdi.

"Ikkinchi davrani mag'lubiyat bilan boshlash doim yoqimsiz. Har bir murabbiy g'alaba qozonishni istaydi.

Tarkib tanlashda xatoga yo'l qo'ydim. Bugungi mag'lubiyatda barcha aybni o'z bo'ynimga olaman. SHogirdlarimga ishonaman. Bugungi o'yin muxlislarga yoqdi deb o'ylayman. Ko'p vaziyatlar yaratildi va ko'p gollar urildi. O'tkazilgan gollarda darvozabonimiz emas himoya va yarim himoyachilarimizning aybi ko'proq.

Futbolda kimdir yutadi, kimdir yutqazadi. Uchrashuvdan oldin futbolchilarga birinchi davrani unutishlarini so'ragandim.

Yozgi barcha transferlarni amalga oshirib bo'ldik. Botirali Ergashev va SHohruh Abdurahmonovni "Paxtakor"dan to'liq sotib oldik. Buning o'rniga legioner futbolchi olib kelishim mumkin edi, ammo rahbariyatga aynan shu ikki futbolchi kerakligini aytdim.

Bahodir Nasimov samarqandlik bo'lgani uchun yil oxirigacha ijaraga oldik.

To'g'ri bugun hakam xatoga yo'l qo'ydi. Ammo samarqandlik jonkuyar muxlislarga stadionda hakamni xaqorat qilish yarashmaydi. SHu bois keyingi safar bunday qilmasliklarini iltimos qilib qolardim", - deydi Davron Fayziev.


Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика