David Alaba raqobat tufayli "Real"ni tark etishi mumkin
04 apr 14:29
Yangiliklar
David Alaba raqobat tufayli "Real"ni tark etishi mumkin
Bu haqda "Todofichajes" xabar berdi.
Alabaning asosiy variantlari Saudiya Arabistoni klublari bo'lib, ular tajribali futbolchini safiga qo'shib olishdan mamnun bo'ladi. Alabaning "Real"dagi maoshi, yani yillik 23 million evroni inobatga olsak, arab klublari unga yanada foydaliroq shartnoma taklif qilishlari mumkin.
Alabaning ketishiga sabab bo'luvchi holatlar uning xochsimon bog'lami yirtilganidan keyingi yomon formasi va "Real" himoyasidagi kuchli raqobatdir. U jarohatidan keyin avvalgi darajasiga qaytmadi.
David Alaba 1 aprel kuni Ispaniya Kubogi yarim final uchrashuvining 72-daqiqasida avtogol muallifiga aylandi, ammo Madridning “Real” klubi baribir turnir finaliga chiqishga muvaffaq bo'ldi. 26 aprel kuni bo'lib o'tadigan hal qiluvchi bahsda jamoa "Barselona" bilan to'qnash keladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar