Dalglish Salohga: "Estafetani uzatganimdan xursandman! Fantastik yutuq!"
27 dek 2022 12:37
Yangiliklar
Dalglish Salohga: "Estafetani uzatganimdan xursandman! Fantastik yutuq!"
Muhammad Saloh "Liverpul"ning eng yaxshi to'purarlar ro'yxatida Kenni Dalglishga etib oldi.
Kenni Dalglish Muhammad Salohni "Liverpul"ning eng yaxshi to'purarlar ro'yxatida 7-o'rinni egallagani bilan tabrikladi.
"Muhammad Salohning fantastik yutug'i! Bu golni tribunadan tomosha qilish ajoyib bo'ldi!
Birinchi marta nabiramni mehmondagi o'yinga olib bordim, uni unutilmas qilganingiz uchun rahmat! Estafetani uzatganimdan xursandman. Umid qilamanki, bizni bundan katta muvaffaqiyatlar kutib turibdi", – dedi "Liverpul" sobiq hujumchisi.
Salohning APL 17-turida (3:1) "Aston Villa"ga urgan goli uning "Liverpul" safida barcha musobaqalardagi 172-goli bo'ldi. U "Liverpul"ning eng yaxshi to'purarlari ro'yxatida 7-o'ringa ko'tarilib, Kenni Dalglish bilan tenglashdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar