So’nggi yangiliklar

00:10ЕЧЛ. "Реал Мадрид" илк турда "Марсел"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  9 00:00ЕЧЛ. "Арсенал" илк турда "Атлетик"ка қарши ишончли ҳисобда ғалаба қозонди  25 23:24Элит ОЧЛ. "Трактор" меҳмонда "Шабаб Ал Аҳли" билан дуранг ўйнади. Хамробеков 78-дақиқада майдонга тушди  0 23:08ЕЧЛ. "Ювентус" - "Боруссия Д". Таркиблар маълум!  0 22:33"Милан" ва "Интер" "Сан-Сиро"ни сотиб олиш бўйича шаҳар маъмурияти билан келишиб олишди  0 22:03"Бу мағлубиятдан фожеа ясаш керак эмас, Осиё гранди билан қўрқмай ўйнагани учун ҳам раҳмат" — "Ал Аҳли" - "Насаф" учрашуви мутахассис нигоҳида   13 21:11Ўзбекистон футзал бўйича Японияга мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 20:58 "Навбаҳор" футбол мактаби "Аякс" футбол академияси бошқарувига берилади   11 20:43Фарҳод Нишонов: "Про лигага ВАР албатта керак"  0 20:2237 ёшли Мата Австралия чемпионатида жамоасини ўзгартирди  1 20:02Мирко Еличич: "Олимпик-MobiUz" – сифат ва тезлик бобида ажралиб турадиган, ҳужумкор ўйнайдиган жамоа"  0 19:44Аббосбек Ўлмасбеков: "Осиё Кубоги саралашида ҳар учала ўйинда ютишни ният қилганмиз"  1 19:13Ромеро: "Месси ЖЧ-2026га келиб яхши формада бўлади"  9 18:45Ўзбекистон футзал терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Японияга имкониятни бой берди  14 18:28Про лига. Икки киши майдондан четлатилган ўйинда "Локомотив" "Олимпик-MobiUz" билан муроса кўчасини танлади  0

Coca Cola Superligasi. Stadionlar yoritish tizimi qanday? "Surxon" va "Qo'qon-1912" eng so'nggi o'rinda Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. Stadionlar yoritish tizimi qanday? "Surxon" va "Qo'qon-1912" eng so'nggi o'rinda

Malumki, mamlakat chempionati yuqori divizionida ishtirok etuvchi futbol klublari har yili licenziyalash jarayonidan o'tkaziladi.

Joriy yildan etiboran O'zbekiston Professional futbol ligasi Pro liga klublarining ham barchasini mazkur jarayonga jalb etgan holda klublarimizning umumiy infratuzilmasini bosqichma-bosqich yaxshilab borish, Pro liga ishtirokchilarini tashkiliy tuzilma jihatidan Coca Cola Superliga vakillariga yaqinlashtirish amaliyotini joriy etmoqda.

Licenziyalash Reglamentiga asosan klub uy o'yinlarini qabul qiladigan stadion OFK va O'zPFL tasarrufidagi klublar musobaqalarini o'tkazadigan stadionlar uchun maxsus qoidalarda ko'rsatilgan talablarga javob berishi shart sanaladi.

Xususan, Stadionlar to'g'risida Nizomda belgilangangan eng muhim jihatlardan biri – bu stadionda qoniqarli yoritish tizimining taminlangani sanaladi. Zero yorug'lik darajasining yuqori bo'lishi o'yinni bevosita stadiondan kuzatadigan muxlislarga, shuningdek maydondagi vaziyatlarni yoritib boruvchi fotosuratchilarga qulaylik yaratadi, qolaversa uchrashuv teletranslyaciyasi yanada sifatli bo'lishini taminlaydi.

Stadionlar to'g'risida Nizomda stadion minimal talab qilingan gorizontal yorug'lik darajasi kamida 1200 lyuks bo'lgan yoritish tizimi bilan jihozlangan bo'lishi lozim ekani belgilangan.

Mavsum oldidan stadionning yoritish guvohnomasi taqdim etiladi. Lekin O'zPFL mavsum davomida ham stadionlar yoritish tizimi talab darajasida saqlanib turganini tekshirib boradi. Coca Cola Superliganing ortda qolgan turlari davomida yuqori divizionimiz klublarining uy o'yinlarini o'tkazadigan stadionlarida yoritish tizimini o'lchash ishlari olib borildi.

Unga ko'ra, yorug'lik darajasi eng baland yoritish tizimiga ega stadion “Bunyodkor” o'yingohi bo'lib turibdi. “Bunyodkor” futbol klubi uy o'yinlari o'tkaziladigan stadionda yorug'lik darajasi o'rtacha 1900 lyuksni tashkil etmoqda.

SHuningdek, Navoiydagi “Yoshlar” sport majmuasi, “Buxoro” stadioni, Qarshi va Namangandagi “Markaziy” o'yingohlar, “So'g'diyona”, “Paxtakor” va “Lokomotiv” stadionlarida ham yorug'lik darajasi talab darajasida.


Superliga klublari stadionlari yoritish tizimi ko'rsatkichlari

#

Klub

Stadion

O'rtacha  LUX o'lchami

O'lchangan sana

1

BUNYODKOR

“Bunyodkor”

1900

25.06.2020

2

QIZILQUM

“Yoshlar” sport majmuasi

1700

13.06.2020

3

BUXORO

“Buxoro”

1600

25.06.2020

4

NASAF

“Markaziy”

1500

14.06.2020

5

NAVBAHOR

“Markaziy”

1500

19.06.2020

6

SO'G'DIYONA

“So'g'diyona”

1500

14.06.2020

7

PAXTAKOR

  “Paxtakor”

1400

14.06.2020

8

LOKOMOTIV

“Lokomotiv”

1300

17.06.2020

9

AGMK

OKMK sport majmuasi

1000

19.06.2020

10

METALLURG

“Metallurg”

900

26.06.2020

11

MASH'AL

“B. Vafoev”

200

15.06.2020

12

ANDIJON

“Sog'lom avlod”

200

20.06.2020

13

SURXON

“Surxon” sport majmuasi

100

14.06.2020

14

QO'QON-1912

“Markaziy”

100

18.06.2020



Olmaliq va Bekoboddagi stadionlar yoritish tizimi esa uzog'i bilan bir yil muddatga beriladigan yoritish guvohnomasida taqdim etilgan ko'rsatkichlardan biroz pastlagani, yoritish tizimi qayta sozlanishi lozim ekani malum bo'ldi. Zero maydondagi 15 ta nuqtada olib borilgan o'lchash ishlari yorug'lik maydonning turli nuqtalariga turlicha tushayotganini ko'rsatdi.

Muborakdagi “Bahrom Vafoev” nomli stadion, Andijondagi “Sog'lom avlod” stadioni, Termizdagi “Surxon” sport majmuasi hamda Qo'qondagi “Markaziy” o'yingohlar yoritish tizimi esa talab darajasidan ancha past. Bu borada mazkur stadionlarda uy uchrashuvlarini o'tkazadigan klublarga yoritish tizimini talab darajasiga etkazish lozim ekani malum qilindi.

SHu o'rinda alohida qayd etish joizki, Osiyo Futbol Konfederaciyasi 2021 yildan boshlab qita miqiyosida tashkil etiladigan musobaqalar o'tadigan stadionlarda yoritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish borasida ish olib bormoqda.

Xususan, endilikda Osiyo CHempionlar ligasi guruh bosqichi o'yinlarini qabul qiladigan stadionlarda yorug'lik darajasi 1800 lyuksdan kam bo'lmasligi talab etiladi. Bu ko'rsatkich OFK kubogi guruh bosqichida 1400 lyuksni tashkil qiladi.

SHu boisdan xalqaro musobaqalarda qatnashishni o'z oldiga maqsad qilgan klublarimiz ham kelasi mavsumga qadar stadion yoritish tizimini yanada yaxshilash bo'yicha ish olib borishlari lozim bo'ladi.

Kelasi mavsumdan etiboran yorug'lik darajasi 1200 lyuksdan kam bo'lgan stadionlarda uchrashuvlar o'tkazishga aslo ruxsat berilmaydi.



Zoxirjon Akramxonov, Klublarni licenziyalash va rivojlantirish bo'limi boshlig'i

Jahongir Rahmatullaev, Sport inshootlari bo'yicha bosh mutaxassis

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика