"Milan" va "Inter" "San-Siro"ni sotib olish bo'yicha shahar mamuriyati bilan kelishib olishdi
16 sen 22:33
Yangiliklar


"Milan" va "Inter" "San-Siro"ni sotib olish bo'yicha shahar mamuriyati bilan kelishib olishdi
"Milan" va "Inter" Milan shahar mamuriyatidan "San-Siro"ni sotib olish bo'yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Milan shahri meri Juzeppe Sala Rtl 102.5 efirida xabar berdi.
"Agar hamma narsa rejadagidek bo'lsa, ertaga "San-Siro"ni sotish to'g'risidagi qarorni ko'rib chiqishga taqdim etamiz. Aslida, biz klublar bilan kelishuvga erishdik.
Stadion 2031 yilgacha tayyor bo'lishi shart, aks holda UEFA Milanni Evro-2032 mezboni sifatida ko'rib chiqmaydi. Loyiha bo'yicha qaror taklif etiladi, so'ngra bunday muhim inshootni sotish masalasi bo'lgani uchun, masala shahar kengashiga ko'rib chiqish uchun yuboriladi.
Avval komissiyalar va muhokamalar o'tkaziladi, keyin esa rozilik yoki rad etish to'g'risida qaror qabul qilinadi," - dedi Sala.
Malumot uchun, Evro-2032 Italiya va Turkiyada o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar