Bahrom Haydarov: "Qizilqum"dek jamoani mag'lub etganimizdan xursand bo'ldim"
14 sen 02:50
Yangiliklar


Bahrom Haydarov: "Qizilqum"dek jamoani mag'lub etganimizdan xursand bo'ldim"
"Qo'qon-1912" bosh murabbiyi Bahrom Haydarov Superliga 21-tur doirasidagi "Qizilqum" (2:1)ga qarshi o'yindan so'ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Birinchi navbatda, og'ir g'alaba bilan jamoamiz, rahbariyatimiz va qo'qonlik muxlislarimizni tabriklayman. So'nggi paytlar "Qizilqum"ga qarshi o'ynash qiyin. Ushbu jamoa stabil va rejali o'yin ko'rsatmoqda. Shuningdek, jamoa o'yinchilari individual tarafdan juda kuchli va shunday jamoani mag'lub etganimizdan xursandman.
Birinchi bo'lim teng kurashlar ostida kechdi. Qo'qondagi shamol bizga biroz qarshilik ko'rsatdi. Birinchi bo'limda paslar orqali raqib himoyasini buzmoqchi edik, ammo ob-havo rejalarimizga halaqit berdi.
Raqibda ham yutib ketish uchun imkoniyat bo'ldi. Raqibning xatosidan so'ng vaziyatdan unumli foydalandik. Kim gol ursa, o'sha yutib ketadigan o'yin bo'ldi", — dedi Bahrom Haydarov
O’xshash yangiliklar

Fikrlar