So’nggi yangiliklar

01:51Расман: Оле-Гуннар Сульшер истеъфога чиқарилди  1 01:30Отабек Боймуродов: "Ҳар бир рақиб учун алоҳида тайёрланамиз"  1 01:08Конференциялар лигаси саралаши. "Фиорентина"дан суперкамбэк!  0 00:49Ўзбекистон U23 термаси Осиё Кубоги саралаши учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:26"Истанбул Башакшеҳир" миссияни уддалай олмади  51 00:13"Манчестер Юнайтед"нинг асосий футболчиси "Челси"га ўтмоқда!  4 23:56Аёллар ўртасидаги ОЧЛ саралаши. "Севинч" "Ал Насср"ни бурчакдан урилган гол эвазига мағлуб қилди  1 23:33Диёр Холматов: "Европага кетишим шу йиғиндан кейин ҳал бўлади"  7 23:17"Кристал Пэлас" ўз тарихида илк марта еврокубокларда ўйнайди  0 22:50Маҳмуд Маҳамаджонов: "Янги жамоага кўникиш осон бўлди. Энди бор эътибор термага қаратилади"  0 22:19ЕЧЛ. "Реал" Қозоғистонга келади, "Қайрат" Милан ва Лондонга боради: қуръанинг барча натижалари билан танишинг  28 21:54Одил Ҳамробеков: "Ҳозирги мураббийимиз Тимур Кападзе. Унинг қўл остида CAFA турнирига тайёргарлик кўряпмиз"  2 21:17Ўзбекистон термаси йиғинни бошлади ГАЛЕРЕЯ  4 20:45Пол Паркер: "Онана дарвозабон эмас"  3 20:12"Динамо" ҳақ бўлиб чиқди: "Ҳакам қарори нотўғри!"  22

Coca-Cola Superligasi. Bugun 23-tur boshlanadi Yangiliklar

Coca-Cola Superligasi. Bugun 23-tur boshlanadi

Bugun Coca-Cola Superligasida 23-turdan o'rin olgan dastlabki ikki o'yin bo'lib o'tadi.

“Metallurg” Navoiyning  “Qizilqum” jamoasi bilan shu kungacha O'zbekiston chempionatlarida 39 bor kuch sinashgan. Mazkur o'yinlarning 14 tasi “Metallurg” g'alaba qozongan. 10 ta uchrashuvda kuchlar teng kelgan. 15 ta o'yinda esa “Qizilqum” jamoasining qo'li baland kelgan. Kiritilgan va o'tkazib yuborilgan to'plar farqi 53:51, vohaliklar foydasiga. “Metallurg”ning bu raqibi ustidan qozongan eng yirik hisobdagi g'alabasi 4:1 (2006, 2019) ni tashkil etadi. “Qizilqum” esa bitta uchrashuvda bekobodliklar darvozasiga javobsiz beshta to'p (0:5, 2006) yo'llagan.

Bu yilgi mavsumning birinchi davrasida Bekobodda o'tkazilgan o'yinda mezbonlar g'alaba qozonishgandi. Maydon egalaridan Stanislav Andreev, Zohid Abdullaev (dubl) va Bahrom Abdurahimovlarning aniq zarbalariga mehmonlardan Mirjalol Qosimov bitta goli bilan javob qaytargandi.

Ushbu jamoalarning Navoiyda o'tkazilgan uchrashuvlarida mezbonlar katta ustunlikka ega: 11 ta g'alaba, 5 ta durang, 3 ta mag'lubiyat, to'plar nisbati – 30:14, - deb yozadi "Metallurg" matbuot xizmati.


Coca-Cola Superligasi / 23-tur
29 oktyabr, seshanba
17:00 - QIZILQUM – METALLURG
Hakamlar:
Valentin Kovalenko, Avazbek Abdullaev, Sardor Nishonboev, SHuxrat Rajabov
Nazoratchi: Konstantin Smirnov
Komissar: Laziz Qo'chqorov


Qizilqum

Lasha Totadze - 50'

Superliga. 23-tur

29/10/2019, 17:00

1
:
1
Tugadi

Metallurg

Stanislav Andreyev - 47'

45'
90'
50'  Lasha Totadze
47'  Stanislav Andreyev


Samarqand va Jizzax viloyati sharafini himoya qiluvchi ushbu klublar 1992 yili start olgan O'zbekiston chempionati tarixida 39 marta o'zaro maydonga tushishgan. Bu borada ustunlik “Dinamo”da. Samarqand jamoasi o'zaro o'yinlarda Jizzax klubini 18 marta mag'lubiyatga uchratgan bo'lsa, “So'g'diyona” 13 marta “Dinamo”ni mag'lub etgan. 8 marta o'yin durang natija bilan yakunlangan. “Dinamo”ning “So'g'diyona” ustidan qozongan eng yirik g'alabalari 4:0 va 3:6 bo'lsa, jizzaxliklarning eng yirik g'alabasi 3:1 hisobidagi g'alaba sanaladi. Birinchi davrada Samarqandda o'tgan o'zaro o'yinda "Dinamo" Qadamboy Nurmetovning goli evaziga g'olib bo'lgan edi - 1:0.



SO'G'DIYONA – DINAMO
Hakamlar:
SHerzod Qosimov, Sanjar SHoyusupov, Alisher Usmonov, Ravshan Abduvohidov
Nazoratchi: Arslon Xotamov
Komissar: Sardor Qudratullaev

So'g'diyona

Sanjar Rashidov - 52', Shohruz Norxonov - 60', Sardor Qulmatov - 73'

Superliga. 23-tur

29/10/2019, 17:00

0
:
3
Tugadi

Dinamo

45'
90'
19'  Sardor Qulmatov
25'  SHahboz Jo'rabekov (Oybek Nurmatov)
52'  Sanjar Rashidov
52'  Elyor Orifov
60'  Shohruz Norxonov
60'  Jasur Hasanov O
73'  Sardor Qulmatov
73'  Jasur Hasanov O
30'  Akmal Xolmurodov
53'  Ixtiyor Toshpo’latov



Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика