So’nggi yangiliklar

09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  0 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  0 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  8 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  3 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  3 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  6 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  5 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0

Vodiy derbisida "Andijon" "Navbahor" ustidan irodali g'alabaga erishdi Yangiliklar

Vodiy derbisida "Andijon" "Navbahor" ustidan irodali g'alabaga erishdi

Teglar :  AndijonNavbahor
Coca Cola Superliganing 19-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Navbahor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.


Coca Cola Superliga, 19-tur
"Andijon" - "Navbahor" - 2:1
23 sentyabr 2023 yil. Andijon, "Bobur Arena" stadioni. 18:00
Hakamlar
: Abdurashid Xudoyberganov, Olim Abduvasilov, Rishat Nugmanov, Ravshan Abduvohidov.
VAR: Asker Najafaliev
AVAR: Alisher Usmonov
Nazoratchi: Baxtiyor Tog'aev
Komissar: SHohruh Said.

Gollar: Abror Ismoilov 2, - 0:1 (Jamshid Iskanderov). Ilhom Alijonov 54, - 1:1 (Levan Arveladze). Suhrob Berdiev 90+3, - 2:1 (Rubin Xebay).

"Andijon": 72. Igor Litovka, 5. Abdulvohid G'ulomov, 8. Farhodbek Bekmurodov (19. Suhrob Berdiev, 89), 9. Levan Arveladze (10. Ilhomjon Abdug'aniev, 75), 15. Vladimir Bubanya, 17. Farhodjon Sohibjonov (11. Sardor Abdunabiev, 89), 21. Ildar Mamatkazin, 26. Muhammadkarim Toirov, 66. Ilhomjon Alijonov (14. Abdurahmon Komilov, 83), 94. Armin Boshnyak, 99. Ruben Xebay.
Zaxira: 1. Eldor Adhamov, 4. Dilshodjon Komilov, 22. SHahboz Erkinov, 28. Islombek Mamatkazin, 95. Abbos Ergashboev.

"Navbahor": 1. O'tkir Yusupov, 5. Milosh Milovich, 7. Oston O'runov, 10. Jamshid Iskanderov (8. Jasurbek Yaxshiboev, 64), 13. Filip Ivanovich, 14. Jamshid Boltaboev, 17. Abrorbek Ismoilov, 19. Doniyor Abdumannopov (77. Asadbek Sobirjonov, 70), 22. Igor Golban, 27. SHahboz Jo'rabekov, 91. Toma Tabatadze.
Zaxira: 12. Ignatiy Nesterov, 4. Azimjon Ahmedov, 6. Ibrohim Yo'ldoshev, 20. Muzaffarxon Mo'minov, 21. Temurxo'ja Abduxoliqov, 33. SHodiyor SHodiboev,98. Davronbek Olimjonov.

Ogohlantirishlar: Oston O'runov 40, Abdulvohid G'ulomov 69, Toma Tabatadze 90+6, O'tkir Yusupov 90+7.



MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


90+10. O'YIN TUGADI. "Andijon" - "Navbahor" 2:1

90+7. Ogohlantirish. "Navbahor". O'tkir Yusupov

90+6. Ogohlantirish. "Navbahor". Toma Tabatadze

90+3. GOL. Suhrob Berdiev akrobatik tarzda gol urdi - 2:1. VAR tekshirdi, ofsayd yo'q ekan.

90. O'yinga 9 daqiqa vaqt qo'shib berildi

89. O'zgarishlar. "Andijon". Farhod Bekmurotov va Farhod Sohibjonov o'rniga Suhrob Berdiev va Sardor Abdunabiev tushdi

88. Toma Tabatadzening o'ng qanotdan jarima maydonchasi ichiga etkazib bergan to'pini Asadbek Sobirjonov darvozaga yo'llashga intildi. Lekin uning zarbasidan so'ng, to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

83. O'zgarish. "Andijon". Ilhom Alijonov o'rniga Abdurahmon Komilov tushdi

81. Jasurbek Yaxshiboevning 20 metrlar chamasi uzoqlikdan darvozaga yo'llagan zarbasidan so'ng, to'pni Igor Litovka qaytarib, maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

77. Bugungi o'yinni ko'rish uchun stadionga 15254 tomoshabin keldi

75. O'zgarish. "Andijon". Levan Arveladze o'rniga Ilhom Abdug'aniev tushdi

73. ZARBA! Jasur Yaxshiboevning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi

70. O'zgarish. "Navbahor". Abdumannopov o'rniga Sobirjonov tushdi

69. Ogohlantirish. "Andijon". Abduvolvohid G'ulomov

64. O'zgarish. "Navbahor". Jamshid Iskanderov o'rniga Jasurbek Yaxshiboev maydonga tushdi.

57. GOL! Jarima to'pidan keyin Filip Ivanovich darvozani ishg'ol qildi - 1:2. VAR orqali gol bekor qilindi, sababi Oston O'runov ofsaydda turib darvozabonga xalal bergan ekan.

54. GOL! Burchak to'pidan keyin Ilhom Alijonov boshi bilan gol urdi - 1:1.

50. O'yin davom ettirildi, Yusupov oyoqqa turdi

49.  O'tkir Yusupovga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

47. ZARBA! Levan Arveladzening zarbasidan so'ng, to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

46. Ikkinchi taym boshlandi




 45+7. Birinchi taym yakunlandi, hozircha 0:1

45+4. ZARBAAA! Doniyor Abdumannopovning zarbasidan so'ng, to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi.

45. Birinchi taymga 7 daqiqa qo'shildi

41.  Andijonliklar jarima zarbasini amalga oshirib, to'pni jamoamiz jarima maydonchasi ichiga etkazib berishdi. So'nggi pallada raqib futbolchining boshi bilan darvozaga yo'llagan zarbasidan so'ng, to'pni "lochinlar" posboni O'tkir Yusupov ushlab oldi.

40. Ogohlantirish. "Navbahor". Oston O'runov

37. ZARBAA! Oston O'runovning zarbasidan so'ng, to'pni mezbonlar posboni Igor Litovka qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

34. Tashabbus "Navbahor" tomonida, mezbonlar asosan qarshi hujumda o'ynashmoqda

29. Jamshid Iskanderovning darvozadan 20 metrlar chamasi uzoqlikdan amalga oshirgan zarbasidan so'ng, to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

25. ZARBA! Autdan otilgan to'pdan keyin Rubin Xebay darvoza tomon zarba berdi, kuchsiz va noaniq

17. ZARBA! Toma Tabatadzening zarbasi noaniq chiqdi

13. "Andijon"da burchak to'pi, uzatilgan to'pni Bubanya boshi bilan darvozaga yo'lladi, noaniq!

8. Muxlislar tomonidan maydonga lentalar uloqtirilganligi bois, o'yinda biroz to'xtalish yuz berdi.

2. GOL! "Navbahor"ning uzoq davom etgan hujumi gol bilan tugadi. Iskanderov uzatgan to'pni Abror Ismoilov darvozaga yo'lladi - 0:1.

1. O'YIN BOSHLANDI!





- Uchrashuv soat 18:00da boshlanadi.

Reyting: +45   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика