"CHernomorec" murabbiyi Turkiyadagi yig'indan so'ng Ukrainaga qaytmadi
14 mar 2024 22:39
Yangiliklar
"CHernomorec" murabbiyi Turkiyadagi yig'indan so'ng Ukrainaga qaytmadi
Odessaning "CHernomorec" klubi jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiyi Igor Kasyanenko Ukrainadan qochib ketdi.
Bu haqda 14 mart kuni malum bo'ldi.
Murabbiy yanvar oyi boshida "CHernomorec" bilan Turkiyadagi yig'inga bordi va ortga qaytmaslikka qaror qildi. OAV malumotlariga ko'ra, u AQSHning Mayami shahriga yo'l olgan.
36 yoshli Kasyanenko Luganskda tug'ilgan. Faoliyati davomida "Polese", "SHaxtyor" Soligorsk, "Zarya" va "Astana" jamoalari bilan hamkorlik qilgan.
Oktyabr oyida Ukrainaning "SHaxtyor" klubi futbolchi Aleksandr Rasputko qochib ketgani va o'z vazifalarini bajara olmagani uchun u bilan shartnomani bekor qilgandi. Ukrainalik futbolchi 4 oktyabr kuni Belgiyaning "Antverpen" jamoasiga qarshi safar o'yinidan so'ng g'oyib bo'lgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar