So’nggi yangiliklar

11:23"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 11 ёшли Сойибов Комроншоҳ  0 10:58"Реал Мадрид"нинг келаси ёздаги асосий трансфер мақсади маълум  0 10:27Goal нашри тен Хаг давридаги МЮнинг энг яхши трансферлар рейтингини тузиб чиқди  4 09:55Кевин де Брюйненинг навбатдаги клуби деярли маълум  2 09:29"Барселона" ҳали ҳам Левандовски трансфери бўйича еттита клубдан қазрдор  4 09:00Жаҳон чемпионати учинчи саралаш босқичининг муҳим ўйинлари олдидан ЎФА президенти Абдусалом Азизов миллий жамоа билан учрашди  5 08:26Греция терма жамоаси аъзоси уйидан ўлик ҳолда топилди  0 08:00ЖЧ саралаш. Бугун терма жамоамиз Эронга қарши баҳс олиб боради  33 00:35Жюль Кунде терма жамоа йиғинларидаги образи бўйича бирдирилган танқидларга жавоб берди  4 23:55Иньеста "Барса" ва "Реал" рақобати чўққига чиққан пайтда Испания термасидаги муҳит ҳақида гапирди  1 23:26Эрлинг Холанд Габриэлнинг бошига тўп улоқтирганидан афсусланмаслигини айтди  2 22:38Эрон терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан ўтказган машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  11 22:19Дисквалификация муддати қисқарган Поль Погбанинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  3 21:38Тен Хаг "Манчестер Юнайтед" машғулот базасида баланд девор қурдирди. У машғулотларини бегона кўзлардан беркитмоқчи  11 21:10Жозе Моуринью Арда Гюлерни жамоасига олиб келмоқчи  4

CHempionlik sari yurish boshlanmoqda Yangiliklar

CHempionlik sari yurish boshlanmoqda

Bugun mamlakatimiz yashil maydonlarida U-23 Osiyo Kubogi bellashuvlari start oladi.

O'zbekiston U-23 terma jamoasi 1-tur doirasida Turkmanistonga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:30da boshlanadi. "Paxtakor" markaziy stadionida o'tadigan ana shu o'yin oldidan (20:00da) musobaqaning ochilish marosimi ham bo'lib o'tadi. Avval bugungi uchrashuvlar taqvimini etiboringizga havola etamiz.

U-23 Osiyo Kubogi 1 iyun kungi o'yinlar taqvimi:

"A" guruhi

18:00. Eron U-23 - Qatar U-23

"Bunyodkor" stadioni (Toshkent)

20:30. O'zbekiston U-23 - Turkmaniston U-23

"Paxtakor" stadioni (Toshkent)

"B" guruhi

18:00. Avstraliya U-23 - Quvayt U-23

"Markaziy" stadion (Qarshi)

22:00. Iordaniya U-23 - Iroq U-23

"Markaziy" stadion (Qarshi)


O'zbekiston U-23 terma jamoasining bugungi uchrashuv uchun taxminiy tarkibi:


Temur Kapadze 4-3-3 taktik sxemasidan foydalanib kelmoqda. 25 may kuni Bekobodda Tojikiston U-23 terma jamoasiga qarshi o'tkazilgan nazorat bahsida ham futbolchilar aynan shu sxemada to'p tepishdi.

Bekoboddagi o'yinda 2-bo'limda o'ynagan Odil Abdumajidov yaxshi taassurot qoldirdi. O'ylashimcha, keyingi uchrashuvlarda markaziy himoyada Odilni ham ko'rishimiz mumkin. Ayniqsa, Eronga qarshi aynan Qozog'istonda to'p tepayotgan himoyachi asqotishi mumkin. Baland bo'yi, baquvvatligi (bu gavda bilan o'ynashda katta ustunlik beradi) va bosh bilan yaxshi o'ynashi uning forslarga qarshi ajoyib tanlov bo'lishini belgilab beradi.

Eldorbek Begimov aslida chap qanot himoyachisi. U o'ng va chap oyoqda bir xil o'ynay oladi. SHu bois, bugungi bellashuvda uni yaqindagina jarohatdan qaytgan o'ng qanot himoyachisi Saidazamat Mirsaidovning o'rniga qo'ydik. Mirsaidov esa hammasi joyida bo'lsa keyingi uchrashuvlardan tarkibga qaytishi mumkin.

Hujumkor futbolchilarda esa hech qanday ikkilanish bo'lmadi. Jasur Jaloliddinov va Diyor Xolmatov markaziy yarim himoyada juftlik hosil qiladi. Kapadze Xolmatovni aynan markazda o'ynatadi. Qanot vingerlari va markaziy hujumchi masalasida ham deyarli aniqdek. Hozir aynan shu uch o'yinchi (H.Erkinov, O.Jo'raqo'ziev va H.Norchaev) o'z poziciyalarida qolganlardan kuchliroq. Jamoa Ruslan Jiyanov hamda Ulug'bek Hoshimov kabi ajoyib hujumchilar ham bor. Ammo, hozir Norchaev ulardan kuchliroq va asosiy tarkibda o'ynash ehtimoli juda katta.


Maqsad - chempionlik!

Temur Kapadze ham, futbolchilar ham o'z intervyularida ushbu birinchilikda g'olib bo'lishni maqsad qilishganini aytib kelishmoqda.

"Olimpik" jamoasi aynan olimpiyachilardan tashkil topgan va ular doim birgalar. Bu esa aynan olimpiya terma jamoamiz uchun foyda. Ushbu jamoamix bemalol chempionlik uchun kurash olib bora oladilar. Tarkibda ikkita legioner ham bor. Jaloliddinov va Abdumajidovlar Qozog'istonda javlon urib kelmoqdalar. O'yin jihatidan vakillarimizda hammasi joyida ko'rinmoqda. Kapadze yaxshi jamoa shakllantira olmoqda. Ular to'pni yaxshi naxorat qilishmoqda, ikki qanotdan ham, markazdan ham xavf tug'dira olishmoqda. Faqat standart vaziyatlar masalasi men uchun ochiq masaladek ko'rinmoqda. Masalan, "Olimpik" hech qachon standartlardan foydalanishda usta hisoblanmagan. Lekin, terma jamoada Jasur Jaloliddinov, Diyor Xolmatov hamda Abbos Fayzullaevlar standartlarni yaxshi ijro eta olishadi. Aynan ular standartlardagi muammoni hal qilishlariga umid qilaman.

Musobaqaga kelgan qolgan raqiblar haqida aytarli tasavvurga ega emasmiz, hozircha. Lekin, Kapadze shogirdlarida chempion bo'lish uchun hamma narsa bor. Tarkib etarlicha kuchli, garchi nisbatan yosh bo'lsa ham. Murabbiy faktori ham ularni chempion bo'lish ehtimoli yuqori ekanligiga meni ishontirmoqda. Temur Kapadze murabbiylikda yaxshi ishlamoqda va u jiddiy vazifani uddalay olishiga ishonyapman. Bu yo'lda futbolchilarimizga omad tilab qolamiz! "Paxtakor"da ko'rishguncha!

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика