So’nggi yangiliklar

09:20Энрике мағлубият ҳақида фикр билдирди  0 08:41Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг икки нафар футболчиси “Нефтчи“ билан шартнома тузди  3 08:07Клублар ўртасидаги ЖЧнинг энг яхши футболчиси аниқланди  12 07:35“Андижон“ легионер дарвозабон билан шартнома тузди  2 07:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" - ПСЖ 3:0  6 02:13"Челси" - жаҳон чемпиони!  167 01:45U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда қабул қиламиз. Бу қандай бўлади?  0 00:35"Бавария" "Челси" футболчисига қизиқмоқда  1 23:40"Арсенал" ва "Спортинг" Гёкереш бўйича келишувга эришишга яқин  6 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1 21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  1 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  6 19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:12"Реал" Родригонинг нархини маълум қилди  15

"CHelsi" sobiq futbolchisi Sancho haqida: "Pul uchun bo'lmasa, nima uchun?" Yangiliklar

"CHelsi" sobiq futbolchisi Sancho haqida: "Pul uchun bo'lmasa, nima uchun?"

"Ko'klar" sobiq futbolchisi Emmanuel Petining taxminicha, Jeydon Sancho "CHelsi"ga pul uchun kelgan.

Londonliklar 24 yoshli MYU vingerini 2024/25 yilgi mavsum uchun sotib olish sharti bilan ijaraga olishdi.

"CHelsi"ning sobiq yarim himoyachisi Sanchoning "CHelsi"ga o'tish qarori faoliyatini qayta boshlash istagi emas, balki moliyaviy manfaatlar bilan bog'liq bo'lishi mumkin, degan fikrni bildirdi.

"Bu vaziyatda javobgarlik faqatgina klubga emas, o'yinchilarning o'zlariga ham tushadi. "Manchester Yunayted"da sodir bo'lgan voqeadan so'ng Sancho qanday qilib "CHelsi" bilan shartnoma imzolashi mumkin? Uni "Borussiya Dortmund"ga ijaraga berishdi, keyin u "Yunayted"ga qaytdi, endi esa u "CHelsi"ga o'tdi. U erda 40 ga yaqin futbolchi bor va u faqatgina ulardan biri xolos.

Nahotki, klubdan-klubga o'tish, maydonda o'zini yo'qotib, ishonchni yo'qotish uning joniga tegmagan bo'lsa? Endi u barqarorlik bilan ajralib turmaydigan, ishonch va natijalarga ega bo'lmagan klubda. Agar u pul uchun o'tmagan bo'lsa, nima uchun?" - dedi Peti.


Eslatib o'tamiz, avvalroq Ronald Kuman boshqa bir futbolchi pul uchun Saudiya Arabistoniga yo'l olganiga keskin munosabat bildirgandi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика