"CHelsi" nima uchun Benzemani sotib olmasligi malum bo'ldi
30 jan 2024 20:00
Yangiliklar
"CHelsi" nima uchun Benzemani sotib olmasligi malum bo'ldi
Avvalroq, Londonning "CHelsi" klubi 36 yoshli futbolchiga qiziqish bildirayotgani xabar berilgandi. Biroq "aristokratlar"ga yaqin manba bunday xabarlar mutlaqo asossiz ekanligini malum qildi. "CHelsi" Benzemani Evropaga qaytarmoqchi emasligining asosiy sabablari sifatida francuzning yoshi o'tib qolgani va uning transferiga sarflanishi kerak bo'ladigan mablag' aytilmoqda. Todd Boeli jamoaga yosh va iqtidorli futbolchilarni olib kelishni istaydi.
Karimning "Al Ittihod" bilan shartnomasi 2026 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan. Hujumchining transfer narxi 15 million evroga baholanmoqda.
Benzema joriy mavsum Saudiya Arabistoni chempionati doirasidagi 15ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 5ta assist qayd etdi.
Eslatib o'tamiz, "Al Ittihod" OCHL nimchorak finalida O'zbekistonning "Navbahor" klubi bilan kuch sinashadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar