"CHelsi" La Liga to'purarlaridan birini qo'lga kiritmoqchi. "Aristokratlar" safida forvardning yaqin do'sti harakat qiladi
02 jan 2024 17:27
Yangiliklar
"CHelsi" La Liga to'purarlaridan birini qo'lga kiritmoqchi. "Aristokratlar" safida forvardning yaqin do'sti harakat qiladi
"Jirona" va Ukraina termasi hujumchisi Artyom Dovbik faoliyatini Londonda davom ettirishi mumkin. "Aristokratlar" skautlari oxirgi bir necha hafta davomida futbolchi o'yinlarini kuzatishgan. "CHelsi" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino ham Dovbikning jismoniy imkoniyatlaridan hayratda va argentinalik uni o'z jamoasi "to'qqizligi" sifatida ko'rishni istamoqda.
SHuningdek, qayd etish lozim, 26 yoshli ukrainalik va "ko'klar" yarim himoyachi Mixailo Mudrikning agenti bitta. Ushbu ikki futbolchi yaqin do'st ham hisoblanishadi. Ehtimoliy transfer "CHelsi"ga 45 million evroga tushishi kutilmoqda.
Bu mavsum La Liga va Ispaniya kubogi doirasidagi 18 uchrashuvda Artyom 11 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma etkazib berdi. Uning "Jirona" bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi.
"Transfermarkt" portali Dovbikni 28 million evroga baholamoqda.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar