"CHelsi" "Inter" etakchilaridan biriga ko'z tikdi
05 dek 2022 16:39
Yangiliklar
"CHelsi" "Inter" etakchilaridan biriga ko'z tikdi
25 yoshli italiyalik futbolchining xizmatlariga Londonning "CHelsi" klubi qiziqish bildirmoqda, deb xabar berdi Calciomercatoweb.
Manbaga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" Barellani sotib olish variantini jiddiy ko'rib chiqmoqda, chunki kelasi yozda "CHelsi" katta ehtimol bilan Jorjino va N'Golo Kantesiz qoladi. Londonliklar markaziy chizig'ini kuchaytirmoqchi.
Qayd etilishicha, "Inter" Barella uchun taxminan 80 million evro olmoqchi, ammo "CHelsi" Romelu Lukakuni shartnomaga qo'shishga harakat qiladi. Ayni paytda belgiyalik futbolchi "Inter"da ijara asosida o'ynamoqda, milanliklar uni sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
Eslatib o'tamiz, Barella 2020 yilda "Kalyari"dan "Inter" futbolchisiga aylangandi. Yarim himoyachi joriy mavsum milanliklar safida barcha musobaqalar doirasida 25 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar