So’nggi yangiliklar

19:58Мирзаҳаким Тўхтамирзаев "Интерфутбол" кўрсатувининг яралиш тарихи ҳақида сўзлаб берди  0 19:36Расман: Ойбек Рустамов — "Насаф" ўйинчиси  3 19:22ПСЖ Мбаппе ишида ютқазди ва йирик миқдорда компенсация тўлайди  1 18:55"Жар" стадиони "Фейр-плей" совринига лойиқ кўрилди  4 18:34Бруну Фернандеш: "Манчестер Юнайтед" кетишимни истаган, бундан кўнглим оғриган"  2 18:12Александр Хомяков: "Аввало, руҳий босимни енгиб ўтишимиз лозим эди"  3 17:58Неъматулла Қуттибоев: "Маҳорат ўз сўзини айтди"  7 17:35Доннарумма — ФИФА талқинига кўра 2025 йилнинг энг яхши дарвозабони  0 17:09Мирзаҳаким Тўхтамирзаев футбол шарҳловчилигига қандай кириб келганини айтди  5 16:37Мукофот жамғармаси — 1 миллиард сўм. United MFL — Ўзбекистондаги биринчи медиа футбол лигаси ташкил этилмоқда  6 16:31МЮ 40 млн фунтлик хавбекка кўз тикди  0 15:58"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!  37 15:39Суперлига-2025: мавсум якунлари — дубллар ёмғирдек ёғди, хет-трик эса...  2 15:18Расман: ОКМК ҳужумчиси Таиланд жамоасига ўтди  3 14:57Суперлига кашфиётларидан бири муваффақиятли операция қилинди  1

"Chelsi" 2023/24 mavsumni 129,6 million funt foyda bilan yakunladi. Bir yil avval klub 90,1 million funt zarar ko'rgan edi Yangiliklar

"Chelsi" 2023/24 mavsumni 129,6 million funt foyda bilan yakunladi. Bir yil avval klub 90,1 million funt zarar ko'rgan edi

Teglar :  CHelsi
"Chelsi" o'tgan mavsumni 129,6 million funt foyda bilan yakunladi.

"Chelsi" 2023/24 mavsumni 128,4 million funt foyda bilan (soliqlar hisoblanishidan avval) tamomladi. Bir yil avval "ko'klar" 90,1 million funt zarar ko'rgan edi.

Bunday natijaga futbolchilar sotishdan tushgan daromadning oshishi orqali erishildi.  

Klubning umumiy daromadi 468,5 million funtgacha pasaydi – bu asosan erkaklar jamoasining Chempionlar ligasida ishtirok etmagani bilan bog'liq. Biroq APLda oltinchi o'rinni egallash, Angliya Kubogi yarim finaliga chiqish va Liga Kubogi finaliga etib borish orqali o'yilar translyaciyasidan tushgan daromad oshdi.  

Bundan tashqari, operacion xarajatlarning qisqarishi klubga daromadlar pasayishini qoplashga va operacion zararni o'tgan yilgi darajada ushlab turishga imkon berdi.  

Ayollar jamoasi ketma-ket ikkinchi yil UEFA Liga Chempionlari yarim finaliga chiqdi va Superliga chempioni bo'ldi, bu esa translyaciya daromadlariga ijobiy tasir ko'rsatdi.  

O'yin kunlaridagi faoliyatdan tushgan daromad 80,1 million funtga ko'tarildi, bunga o'yinlarga o'rtacha 40 000 tomoshabin kelishi va ayollar jamoasining "Stemford Brij"da uchta qo'shimcha o'yin o'tkazgani yordam berdi.  

Klubning tijoriy daromadlari o'yinchilarni ijaraga berish kelishuvlaridan tushgan foyda, shuningdek, turistik ekskursiyalar va klub atributikasi savdosi muvaffaqiyatli bo'lgani tufayli 225,3 million funtga oshdi.  

Operacion xarajatlar, jumladan, o'yinlar va klub infratuzilmasi uchun sarf-xarajatlarning qisqarishi, o'yinchilar sotishdan olingan foyda (152,5 million funt) va qo'shma kompaniyalar sotishdan tushgan daromad (198,7 million funt) klubga soliqlar chiqarilgandan keyin 129,6 million funt sof foyda qayd etish imkonini berdi", – deyiladi "Chelsi"ning bayonotida.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика