Oskar futbolchilik faoliyatini yakunladi
13 dek 2025 00:16
Yangiliklar
Oskar futbolchilik faoliyatini yakunladi
"Chelsi", "San-Paulu" kabi jamoalarning sobiq futbolchisi Oskar "butsalarini mixga ilishga" qaror qildi.
ESPN malumotiga ko'ra, futbolchi do'stlari va yaqinlariga sog'ligi sababli futbol o'ynamasligi kerakligini aytgan.
Oskar 11 noyabr kuni "San-Paulu"ning yig'ini doirasida klub mashg'ulot markazida mashg'ulot paytida hushidan ketib qolgan va 5 kun davomida shifoxonada yotgandi.
O'shanda Oskarga qon bosimi va yurak urish tezligining pasayishi natijasida qisqa muddatli hushdan ketish, yani vazovagal senkop tashxisi qo'yildi.
Yaqin vaqtlarda klub rahbariyati va Oskar o'rtasida uchrashuv bo'ladi. Unda Oskarga murabbiylar shtabidan ish taklif qilinishi kutilmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar