So’nggi yangiliklar

09:55"Ливерпуль" Салоҳнинг ўринбосарига 200 миллион евро тўлашга тайёр  0 09:27Флорентино Перес муддатидан аввал президентликдан кетмоқчи  2 09:00Миср терма жамоаси собиқ юлдузи кечаги учрашувдан сўнг жамоа бош мураббийини танқид қилди  11 08:32Суперлига. Бугун "Динамо" учинчи ўринга кўтарилиб олиши мумкин  3 08:05Миср терма жамоаси устози кечаги мағлубиятдан сўнг нималар деди?  16 07:39U-17 Жаҳон чемпионати. Бугун нимчорак финал йўлланмаси учун майдонга тушамиз  6 02:50ЖЧ-2026 саралаши. Хорватия жаҳон чемпионатида, Германиядан ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:55U-17 Жаҳон чемпионатида 1/8 финалга чиққан илк иштирокчилар маълум бўлди  11 01:33Одил Ҳамробеков: "Эрон термасидаги жамоадошларим финалга чиққанимиз билан табриклашди"  4 01:15Рустам Ашурматов: "Фабио Каннаваро ўзи билганларини ўргатиб, барчасини бирдек олиб бормоқда"  6 01:00Абдулла Абдуллаев: "Ҳақли равишда ғалаба қозондик"  0 00:51Отабек Шукуров: "Йиғин бошлангандан кейин 4 кун мобайнида мураббийлар Мисрнинг қандай ўйнашини уқтириб борди"  6 00:23Элдор Шомуродов: "Замонавий футболда барчасига тайёр туриш керак"  8 00:10Фабио Каннаваро: "Жаҳон чемпионатига чиққандан кейин стратегия тузилган ва биз буни бажариш учун қўлимиздан келганини қиламиз"  18 23:54Мбаппе рекорд ўрнатди  4

Championat.asia sayti talqini bo'yicha 2023 yilning eng yaxshilari aniqlandi Yangiliklar

Odatimizga ko'ra yakuniga etayotgan yilda ham o'zini ko'rsata olganlarni eng yaxshi deb topdik.  


Yilning eng yaxshi murabbiyi - Ravshan Haydarov (O'zbekiston U-20)

Tajribali murabbiy uchun 2023 yil ajoyib o'tdi desak bo'ladi. Mart oyida O'zbekistonda o'tgan U-20 Osiyo kubogida Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi barcha raqiblarni mag'lub etib qita chempioni bo'ldi. 2018 yil U-23 terma jamoasini Osiyo chempioni qilgan Ravshan Haydarov ikki marta qita chempioni bo'lgan ilk o'zbekistonlik murabbiyga aylandi.

Osiyo kubogidan so'ng may oyida Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi Argentina mezbonlik qilgan U-20 Jahon chempionatida ham ishtirok etdi. Guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunlagan vakillarimiz nimchorak finalda to'xtashga majbur bo'lishdi.

O'tgan yilgi g'olib: Timur Kapadze



Yilning eng yaxshi futbolchisi - Oston O'runov ("Navbahor" / O'zbekiston MTJ)


"Navbahor" yarim himoyachisi Oston O'runov 2023 yil o'z klubi safida barcha musobaqalarda 35ta o'yinda maydonga tushib 14ta gol urdi va 4ta golli uzatmani amalga oshirdi. Aynan uning samaradorligi tufayli "lochinlar" Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib keyingi bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritishdi. Superligada esa klub bronza medallariga ega chiqdi. O'zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida esa 12ta uchrashuvda ishtirok etib 3ta gol urdi hamda 1ta golli uzatma egasiga aylandi. Ayniqsa JCH-2026 saralashi doirasidagi Eronga qarshi bahsdagi goli va golli uzatmasi terma jamoamiz uchun juda ham qadrli bo'ldi.

O'tgan yilgi g'olib: Bobir Abdixoliqov



Yilning eng yaxshi darvozaboni - Artyom Potapov ("Surxon")

Joriy mavsum "Surxon" safida Superligada debyut qilgan rossiyalik darvozabon futbol jamoatchiligida yaxshi taassurot qoldirdi. Tajribali kiper termizliklar tarkibida 24ta o'yinda maydonga tushdi va o'z darvozasidan 21ta to'p olib chiqdi. 12ta uchrashuvda darvozasining dahlsizligini saqlab qoldi. Yil so'nggida "Surxon" Potapov bilan bejizga shartnomani uzaytirgani yo'q. Aynan shu posbon Championat.asia hamda PFL talqiniga ko'ra yil ramziy terma jamoalaridan o'rin oldi.

O'tgan yilgi g'olib: O'tkir Yusupov



Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi - Lyudmila Karachik ("Sevinch" / O'zbekiston MTJ)

Ayollar futbolida bir necha yillardan buyon o'zining ajoyib o'yinlarini namoyish etib kelayotgan Lyudmila Karachik 2023 yilni "Sevinch" klubida o'tkazdi va "oltin xet-trik" qayd etdi. Mart oyida o'tgan O'zbekiston Superkubogi uchun bahsda Karachik "So'g'diyona" darvozasiga ikkita gol urib "Sevinch"ning g'alabasiga (3:0) katta hissa qo'shdi. Noyabr oyida O'zbekiston kubogi finalida OKMK bilan bahsda ham Karachik gol urishga erishdi (3:0). Yil oxirida futbolchi "Sevinch" bilan mamlakat chempioni ham bo'ldi. 2023 yilgi O'zbekiston chempionatida Lyudmila 37ta gol urishga erishdi.

Terma jamoasi safida Parij Olimpiadasi saralashi doirasida Butanga 1ta, Hindistonga 2ta gol urishga erishdi. Karachik 2023 yil OFK ayollar chempionlar ligasiga chaqiruv turnirida ham 1ta to'p kiritdi.

O'tgan yilgi g'olib: Mahliyo Sarikova



Yilning eng yaxshi futzalchisi - Davron CHoriev (BMB / O'zbekiston MTJ)


Tajribali futzalchi Davron CHoriev 2023 yil BMB klubi safida O'zbekiston chempioni, O'zbekiston kubogi va O'zbekiston Superkubogi sohibiga aylandi. O'zbekiston chempionatida 20ta gol urdi va 2ta golli uzatmani amalga oshirdi. Terma jamoa tarkibida Dushanbeda o'tgan CAFA musobaqasida bronza medalini qo'lga kiritdi. Afsuski yil oxirida jiddiy jarohat oldi va operaciya stoliga yotishga majbur bo'ldi.

O'tgan yilgi g'olib: Husniddin Nishonov



Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi - Abduqodir Husanov ("Lans", Franciya / O'zbekiston MTJ)


Abduqodir Husanov uchun ham 2023 yil yodda qolarli bo'ldi. Dastlab mart oyida U-20 Osiyo kubogida chempion bo'ldi, so'ngra Argentinada o'tgan U-20 Jahon chempionatida ishtirok etdi. Iyun oyida O'zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida debyut qilishga erishdi. Yozda Belarusning "Energetik-BGU" klubidan Franciyaning "Lans" klubi safiga transfer qilindi. Husanov Franciya chempionatida maydonga tushgan ilk o'zbekistonlik futbolchiga aylandi. Bundan tashqari 19 yoshli futbolchi Evropa chempionlar ligasida ham debyut qildi.

O'tgan yilgi g'olib: Abbos Fayzullaev



O'tgan yilning eng yaxshilari

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика