So’nggi yangiliklar

01:06Умар Эшмуродов: "Футболимизнинг камчиликлари билиниб қолди"  2 00:27Жавоҳир Сидиқов: "Ютса жамоа ютади, ютқазса ҳам жамоа ютқазади"  5 00:18Элит ОЧЛ. "Насаф" - "Ал Ҳилол" 2:3  3 00:00ОФК ЭЧЛ. Ҳамробеков жамоаси дуранг ўйнади  0 23:24Камолиддин Тожиев : "Охиригача курашиб, муҳим уч очкони қўлга киритдик"  0 23:08Февзи Давлетов: "Ғалаба қозониш учун гол уриш керак, биз эса уч ўйиндан буён гол ура олмаяпмиз"  2 23:00"Насаф" бош мураббийи Рўзиқул Бердиев: "Бугун савия ва даража ўз сўзини айтди"  31 22:47"Ал Ҳилол" бош мураббийи Симоне Инзаги: "Икки бор тўп ўтказиб юборган бўлсак-да, якунда ғалабага эришдик"  18 22:27Ҳакамлар маркази "Пахтакор" - "Сурхон" ўйинидаги баҳсли вазият бўйча изоҳ берди  1 22:01УЕФА Исроилни четлатишга тайёр, аммо...  11 21:02Суперлига. Сергеевнинг ягона голи "Пахтакор"га "Сурхон" устидан қийин ғалабани келтирди  63 20:43Элит ОЧЛ. "Насаф" ўз майдонидаги жанговар ўйинда "Ал Ҳилол"га ютқазди  303 20:10Суперлига. "Динамо" ўз уйида "Шўртан"дан устун келди  12 19:50Моуринью ЕЧЛнинг янги формати ҳақида: "Ўзингиз рўбарў келмайдиган жамоаларга ўрнингизни бўшатиб бериш ғалати"  5 19:18Испания Суперкубоги учрашувлари санаси маълум  6

“Cementchi” yig'inni boshladi. Tarkibda o'zgarishlar yuz bermoqda Yangiliklar

“Cementchi” yig'inni boshladi. Tarkibda o'zgarishlar yuz bermoqda

Teglar :  Cementchi
Birinchi liga ishtirokchisi bo'lgan Quvasoyning “Cementchi” jamoasi ham tatildan qaytib, yangi mavsumga tayyorgarlikn boshladi.
Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, jamoa kecha Quvasoydagi qarorgohida yig'ilgan. Murabbiylar shtabining rejasiga ko'ra, hozircha futbolchilar kuniga bir mahaldan shug'ullanmoqda. Tarkibdagi o'zgarishlarga keladigan bo'lsak, o'tgan mavsum “Cementchi” sharafini himoya qilgan Jahongir Dadaboev huquqiy jihatdan “Neftchi” o'yinchisi sanaladi. Uning ijara muddati nihoyasiga etgach, “Cementchi”ga qaytmagan. Markaziy yarim himoyachi Nodirxon Kamolov kuni-kecha “Olmaliq” yig'iniga borib qo'shildi. Azizxon Ibragimov esa “Qo'qon-1912” mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda. O'tgan mavsum jamoaning to'purari bo'lgan Elyor Akbarov ham oliy liga klubi bo'lmish – “So'g'diyona”da ko'rikdan o'tayotganini aytish lozim. SHuningdek Asror Tilavoldiev, Ibrohim No'monov hamda Abdullajon Mirzaev kabi futbolchilar bilan ham klub xayrlashishga qaror qilgan.

Yig'inga kelib qo'shilgan yangi futbolchilar ham yo'q emas. “Orol”ning etakchilari bo'lib kelayotgan Erbol Seytnazarov bilan Nurlibek Talasboev ayni damda quvasoyliklarning mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda. “Kosonsoy”dan esa Sardor Sotvoldiev tarkibga kelib qo'shilgan. O'tgan mavsum “Yozyovon-Lochinlari” safida harakat qilgan Vladlen Norov ham bugungi kunda “Cementchi” yig'inida qatnashayotganini takidlash joizdir.

Murabbiylarning rejasiga ko'ra, birinchi bosqich yig'inida sinov-nazorat uchrashuvlarini ham o'tkazish ko'zda tutilgan. Xususan 13 yanvar kuni Farg'onada “Neftchi” yoshlar jamoasiga qarshi maydonga chiqilsa, 16 yanvarda Andijonda “UzDongJu” bilan kuch sinashadigan bo'lib turibdi.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика