Xushbek Qosimov: "Maqsadimiz yosh futbolchilarni katta futbolga munosib tayyorlash"
27 apr 2024 09:05
Yangiliklar
Xushbek Qosimov: "Maqsadimiz yosh futbolchilarni katta futbolga munosib tayyorlash"
O'zbekiston kubogining 3-turidan o'rin olgan "Aral" - "Cementchi" (9:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Xushbek Qosimov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
" Albatta "Aral" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Uzoq yo'l bosib kelganimiz tufayli charchoq alomatlari sezildi. Bugungi o'yinda asosiy tarkibimizdan 5 nafar futbolchi qatnashmadi. Asosan yosh futbolchilardan iborat futbolchilarni maydonga tushirdik.
2007-2008 yillarda tug'ilgan yosh futbolchilar bilan o'yinni boshladik. Zaxiradan 2007-2008 yil yosh futbolchilarimiz o'yinga qo'shilishdi. Bizning maqsadimiz mana shu yosh yigitlarni katta futbolga munosib tayyorlash. Birinchi ligada yuqori o'rinlar uchun harakat qilamiz. Uddalasak, 1-o'rinni qo'lga kiritish vazifamiz bor. Ishlashdan, harakatdan to'xtamaymiz. "Aral" jamoasiga mehmondo'stlik uchun minnatdorchilik bildiraman" deydi quvasoyliklar ustozi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar