Zafar Xolmurodov va Murodjon Ismoilov boshchiligidagi jamoalar 1-o'rinni egallashdi
02 noy 2024 12:06
Yangiliklar
Zafar Xolmurodov va Murodjon Ismoilov boshchiligidagi jamoalar 1-o'rinni egallashdi
G'arb mintaqasida "Nasaf-Farm" klubi barchadan ko'proq ochko to'plab, 1-o'rinni egalladi. Ushbu jamoani ayni paytda Qashqadaryo futboli afsonalaridan biri Zafar Xolmurodov boshqarib bormoqda.
SHarq mintaqasida esa "Cementchi" klubi birinchi bo'ldi. Bu jamoada tajribali Murodjon Ismoilov bosh murabbiy sifatida faoliyat olib bormoqda.
FarDU klubi hujumchisi Rizo Ayvazov 22 ta gol bilan chempionat to'purari bo'ldi. "Qiziriq" vakili Dilshod Xushbakov hisobida 20 ta gol bor. "Nasaf-Farm"dan bir yo'la ikki futbolchida (SHerali Rasulov va Sardorbek Saidov) 16 tadan gol bor. Sobiq to'purar Zafar Xolmurodov o'z shogirdlariga qanday ko'p gol urishni o'rgatayotganiga shubha yo'q.
Endi Birinchi ligada har bir mintaqada dastlabki 4 o'rinni band etgan klublar pley-off bosqichida ishtirok etishadi.




O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar