So’nggi yangiliklar

14:14"Ливерпуль" ҳимоячиси жамоани тарк этиши мумкин  0 13:42"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 13:13Натижа ортидаги оғриқлар. ЎФА 2009 йиллар борасида қарор қабул қиладиган вақт келмадими?  5 12:57"Интер" ўз футболчисини "Челси"га қўйиб юбормади  0 12:25Рабьо ва Роу кийиниш хонасидаги жанжал туфайли "Марсель" машғулотларидан четлаштирилди  1 11:56Варди рафиқаси орзу қилган трансферни амалга ошириши мумкин  1 11:27Эдерсоннинг "Галатасарой"га трансфери: "Манчестер Сити"нинг янги талаблари маълум  0 10:50"Наполи" Лукакунинг жароҳати сабабли АПЛдан ҳужумчи олиб келмоқчи  1 10:21Скалони сентябрдаги ўйинлар учун кимларни терма жамоага чақирди  0 09:44"Наполи" етакчиларидан бирининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  0 08:42"Барселона" жиддий қизиққан яна бир футболчи амалдаги жамоаси билан янги шартнома имзолади  1 08:11"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттириши мумкин  1 07:40Пролига. Бугун марказий учрашув бўлиб ўтади  2 07:15Суперлига. "Хоразм" — "Қизилқум" 0:1  0 00:51Қосимов фаолиятини Ироқда давом эттиради  5

Bugun futbol. "Obod" - "Qizilqum" Yangiliklar

Bugun futbol. "Obod" - "Qizilqum"

Teglar :  QizilqumObod
Bugun Toshkentda Oliy liganing 9-turidan o'rin olgan "Obod" - "Qizilqum" bahsi bo'lib o'tadi. Uchrashuv 17:30da start oladi.

Obod (Toshkent) – Qizilqum (Navoiy)
6 may 2017. Toshkent. "Jar" stadioni. 17:30
Hakamlar:
T. To'xtasinov (Andijon), Z. Abdurahmonov (Andijon), A. Marajabov (Andijon), F. Norsafarov (Qarshi).
Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).
O'zPFL vakili: F. Magametov.

O'yin oldidan: Bugun avvalgi turda g'alaba qozonmagan jamoalar o'zaro bahs olib borishadi. 8-turda "Lokomotiv"dan 0:7 hisobida mag'lub bo'lgan "Obod" o'z maydonida "Nasaf" bilan 1:1 o'ynagan "Qizilqum"ni qabul qiladi.

Turnir jadvalidagi o'rni: Sakkiz o'yinda atigi besh ochko jamg'argan "Obod" oxirgi o'rinni egallab turibdi. To'plar nisbati 4-14. "Qizilqum" esa 9 ochko bilan o'ninchi o'rinda bormoqda.

Fakt: O'z maydonida uchta o'yin o'tkazgan "Obod" hali g'alaba nashidasini surgani yo'q. Rauf Inileev shogirdlari ikki marta durang o'ynab, bir bor yutqazib qo'yishgan. "Obod" "Jar" stadionida "Qo'qon-1912" va "Bunyodkor" bilan durang qayd etgan, "Olmaliq"qa 0:1 hisobida yutqazib qo'ygan.

Bilasizmi? "Obod" o'z uyida hali g'alaba qozonmagan ikki jamoadan biri. Yana biri - "Neftchi". Qolaversa, "Obod" "Jar"dagi o'yinlarda atigi ikkita gol urgan.

Fakt: "Qizilqum" bugun safarda beshinchi o'yinini o'tkazadi. Jamoa avvalgi to'rtta uchrashuvning faqat bittasida g'olib bo'lgan. "Qizilqum" safarda kimsan "Bunyodkor"ni mag'lub etib, "Qo'qon-1912" va "Paxtakor"dan mag'lubiyatga uchragan, shuningdek, "Olmaliq" bilan 0:0 o'ynagan.

Esingizdami? O'tgan yil "Jar" stadionida bo'lib o'tgan bellashuv 2:2 hisobi bilan yakun topgan.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика