So’nggi yangiliklar

07:10Суперлига. "Бунёдкор" сўнгги дақиқаларда ғалаба голини урди, "Андижон" ва "Сурхон" эса сафарда мағлубиятга учради  0 04:35Ла Лига. "Атлетико" илк турдаёқ камбэк қурбони бўлди  3 04:30Италия кубоги. "Милан" қийинчиликсиз "Бари"ни мағлуб этди  1 01:42Лига 1. Витиньянинг голи ПСЖга "Нант" устидан ғалабани тақдим этди  2 00:26Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" ўз уйида "Кайсериспор"ни мағлуб этолмади, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  10 23:54БАА Про лигаси. "Бани Яс" меҳмонда "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Мозговой 73 дақиқада ўйнади  1 23:47Бельгия Про лигаси. "Антверпен" меҳмонда дуранг ўйнади, Ўринбоев захирада қолдирилди  1 22:42Максим Шацких: "Менимча, айрим футболчиларимиз ҳали ҳамон фикри ҳаёли билан Про Лигада"  19 22:26АПЛ. "Манчестер Юнайтед" илк турда ўз майдонида "Арсенал"га мағлуб бўлди  34 22:13Суперлига. "Бунёдкор" сўнгги сонияларда урилган гол эвазига "Бухоро"ни мағлуб этди  12 22:08Отабек Нарзуллаев: "Андижон"га қарши ҳужум тактикада ўйнамасак бўлмасди"  0 21:43Таҳлил. "Қўқон-1912" уйғоняптими?  1 21:32Баҳром Ҳайдаров: "Тезкор голдан сўнг хато қилишга қўрқиб ўйнадик"  0 21:01Февзи Давлетов: "Бунёдкор" билан ўйинда кўп энергия йўқотдик, "Қўқон-1912"да тикланиш учун кўпроқ вақт бўлди"  1 21:00Суперлига. "Андижон" сафарда "Машъал"га ютқазди  71

Bugun futbol. "Dinamo" - "Lokomotiv" Yangiliklar

Bugun futbol. "Dinamo" - "Lokomotiv"

Teglar :  Dinamo Lokomotiv
Bugun Superliganing 12-tur bahslariga start beriladi. "Lokomotiv" Samarqandda "Dinamo" mehmoni bo'ladi.

Quyida uchrashuvga oid malumotlarni keltirib o'tamiz.

"Dinamo"
- "Dinamo" turnir jadvalida 8-o'rinni egallab turibdi. Jamoa 11ta o'yinda 15 ochko jamg'argan. To'plar nisbati 13-13.
- Bugun "Dinamo" o'z maydonida 7-o'yinini o'tkazadi. Jamoa bungacha 3tadan g'alaba va durang qayd qayd etgan. "Dinamo" hali o'z uyida
mag'lub bo'lmagan. Uydagi o'yinlarda to'plar nisbati 9-6.
- "Dinamo" qatorasiga oxirgi uchta uchrashuvni durang bilan yakunladi. Davron Fayziev shogirdlari safarda "Buxoro" va "Qo'qon-1912" hamda uyda "Qizilqum" bilan durang qayd etishdi.
- Qizig'i shundaki, "Dinamo"ning oxirgi ikki durangi 2:2 hisobida yakun topdi.
- Yana bir malumot, "Dinamo" ketma-ket oltita o'yindan beri yutqazmayapti, bir g'alaba va besh durang.

"Lokomotiv"
- "Lokomotiv" turnir jadvalida ikkinchi o'rinda boryapti. Jamoa 11 o'yinda 24 ochko jamg'ardi. To'plar nisbati 21-8.
- Bugun "Lokomotiv" safarda beshinchi uchrashuvini o'tkazadi. "Temiryo'lchilar" bungacha ikki bor zafar quchib, bittadan durang va
mag'lubiyat qayd etishdi. Safardagi o'yinlarda to'plar nisbati 4-3.
- "Lokomotiv" oxirgi ikkita o'yinni g'alaba bilan yakunladi. Fyodorov shogirdlari safarda "Nasaf"ni va uyda "Surxon"ni mag'lub etishdi.
- "Lokomotiv" shu paytgacha "Dinamo"ga qarshi 24 uchrashuv o'tkazib, 11tasida zafar quchgan. Uchta o'yin durang bilan yakun topgan va 10
marta samarqandliklarning qo'li baland kelgan.

Oxirgi 5 o'yin
2017 yil. "Dinamo" - "Lokomotiv" 1:5
2015 yil. "Dinamo" - "Lokomotiv" 0:1
2014 yil. "Dinamo" - "Lokomotiv" 1:2
2013 yil. "Dinamo" - "Lokomotiv" 1:0
2012 yil. "Dinamo" - "Lokomotiv" 0:1

Samarqandda bo'lib o'tgan oxirgi besh uchrashuvning to'rttasida "Lokomotiv"ning qo'li baland kelgan. "Dinamo" o'z maydonida faqat bir marta g'alaba qozongan. Oxirgi uchrashuv 2017 yil o'tkazilgan bo'lib, "Lokomotiv" safardan 5:1 hisobidagi g'alaba bilan qaytgan.



Dinamo

Qadamboy Nurmetov - 61', Qadamboy Nurmetov - 72'

Superliga. 12-tur

21/06/2019, 18:00

1
:
2
Tugadi

Lokomotiv

Temurxo’ja Abduxoliqov - 64'

45'
90'
19'  Damir Temirov (Obid Hakimov)
61'  Qadamboy Nurmetov
61'  SHohruh Abdurahmonov
72'  Qadamboy Nurmetov
72'  Bobur Qosimov
79'  Jasur Azimov (Akmal Xolmurodov)
85'  Qadamboy Nurmetov (Siroj Hamroyev)
46'  Yovan ZHokich (Azizbek Amonov)
59'  Islom Tuxtaxo’jayev (Diyor Turopov)
64'  Temurxo’ja Abduxoliqov
64'  Arslanmirat Amanov
83'  Azizbek Haydarov (Vladislav Fomin)

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика