So’nggi yangiliklar

21:15Левандовски Ла Лига 2-турида "Барселона"га ёрдам бера оладими?  1 21:00Суперлига. "Хоразм" 15 йилдан сўнг уйига қайтган оқшомда "Қизилқум"га мағлуб бўлди  19 20:37Артём Петросян: "Ўйинни якка курашларда ютқазганимиз учун бой бердик"  0 20:08Шавкат Юсупов: "Локомотив"да Суперлига савиясидаги ўйинчилар йиғилган"  0 20:00Про лига. "Локомотив" "ФарДУ" майдонида ишончли ғалабага эришди, "Жайхун" "Олимпик" дарвозасига 3 та тўп киритди  1 19:46Мирко Еличич: "ФарДУ" курашувчан ва доим босим уюштирадиган жамоалар сирасига киради"  0 19:26Шавкат Мирзиёев Юқори Чирчиқ туманида барпо этилган Миллий футбол маркази билан танишди  4 19:08Кроос: "Нойер – барча даврларнинг энг яхши дарвозабони"  10 18:25Манба: Шаҳбоз Умаровнинг янги жамоаси маълум  4 17:57Беллингем Мадридда ўзи ва онасига уй олиш учун 32 млн евро сарфлади  6 17:26Нкунку "Бавария"га ўтиш арафасида  0 16:53"Арсенал" АПЛда бурчак зарбаси орқали 31 та гол урди  1 16:31Украиналик юлдуз ПСЖда россиялик дарвозабон билан мулоқот қилмаяпти  43 16:00Соядаги қаҳрамон Салиба, омади чопмаган "қизил иблислар" — "Арсенал" қийин ўйинда "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб этди   5 15:37"Бунёдкор" сўнгги дақиқаларда дурангни ғалабага айлантирган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1

Bugun futbol. "Dinamo" - "Bunyodkor" Yangiliklar

Bugun futbol. "Dinamo" - "Bunyodkor"

Teglar :  Dinamo Bunyodkor
Bugun Superliganing 13-tur bahslariga start beriladi.

"Dinamo" o'z maydonida "Bunyodkor"ni qabul qiladi. Quyida mazkur uchrashuvga oid malumotlarni keltirib o'tamiz.

"Dinamo"
- "Dinamo" turnir jadvalida 18 ochko bilan 5-o'rinni egallab turibdi. To'plar nisbati 15-14.
- O'z maydonida ochko yig'ish bo'yicha "Dinamo" 3-o'rinda boryapti. Uydagi 7ta o'yinda samarqandliklar 15 ochko to'plashgan.
- "Dinamo"ning uydagi uchrashuvlarda to'plar nisbati 11-7.
- Qiziq malumot: "Dinamo" o'z maydonida yutqazmagan to'rtta jamoadan biri bo'lib turibdi. Davron Fayziev shogirdlari 4 bor g'alabaga erishib, uch marta mag'lubiyatga uchrashgan.
- "Dinamo" avvalgi tur o'z uyida amaldagi chempion "Lokomotiv"ni mag'lub etdi. Bundan ko'rinib turibdiki, bugun "Bunyodkor"ga ham oson bo'lmaydi.
- Fakt: "Dinamo" qatorasiga 7ta o'yindan beri yutqazmayapti - besh durang va ikki g'alaba.
- Bu jamoa oxirgi marta 5-turda "Paxtakor"ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergan.
- "Dinamo" "Bunyodkor"ga qarshi shu paytgacha 20ta o'yin o'tkazib, shundan faqat bittasida g'alabaga erishgan.

"Bunyodkor"
- "Bunyodkor" ham 12 o'yindan so'ng 18 ochko to'plagan va jadvalning 6-pog'onasida bormoqda. To'plar nisbati 14-13.
- Bugun Samarqandda ikkita bir xil ochko to'plagan jamoalar o'zaro "jangi" kechadi.
- "Bunyodkor" mehmonda ochko yig'ish bo'yicha ikkinchi o'rinda. Jamoa hisobida 8 o'yinda 11 ochko bor. To'plar nisbati 9-9.
- "Bunyodkor" oxirgi 2 turda g'alaba qozona olmadi. Vadim Abramov shogirdlari uyda "Nasaf" bilan 1:1 o'ynab, safarda "Surxon"ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi.
- "Bunyodkor" Superligada yaxshi futbol namoyish etayotgan jamoalar sirasiga kiradi. O'z navbatida "Dinamo"ning ham o'yini chakki emas.
- "Bunyodkor" shu paytgacha "Dinamo"ga qarshi chempionat doirasida 20 marta bahs olib borib, 16tasida g'alabaga erishgan.

Oxirgi 5 o'yin


2017 yil. "Dinamo" - "Bunyodkor" 0:2
2015 yil. "Dinamo" - "Bunyodkor" 1:1
2014 yil. "Dinamo" - "Bunyodkor" 0:2
2013 yil. "Dinamo" - "Bunyodkor" 0:3
2012 yil. "Dinamo" - "Bunyodkor" 0:1

Ko'rib turganingizdek, Samarqandda kechgan oxirgi beshta o'yinning to'rttasida "Bunyodkor" g'alaba qozongan. Bitta uchrashuv durang bilan yakun topgan. "Bunyodkor" zafar quchgan o'yinlarda o'z darvozasidan gol o'tkazmagan.

Dinamo

Sanjar Baratov - 64'

Superliga. 13-tur

28/06/2019, 18:00

2
:
1
Tugadi

Bunyodkor

Mirzhahon Mirahmadov - 29', Xurshid G’iyosov - 87'

45'
90'
64'  Sanjar Baratov
29'  Mirzhahon Mirahmadov
29'  Xurshid G’iyosov
87'  Xurshid G’iyosov

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика