Bugun Dohada kibersportchilar o'rtasida Osiyo kubogi start oladi
01 fev 2024 12:36
Yangiliklar
Bugun Dohada kibersportchilar o'rtasida Osiyo kubogi start oladi
Etiborli tomoni musobaqa xuddi Osiyo kubogi qurasi singari guruhlarga ajartiladi. Faqat bazi mamlakatdan kibersportchilar kelmagani uchun ular musobaqada ishtirok etishmaydi. Masalan, bizning guruhda Avstraliyadan kibersportchi yo'q. Har bir mamlakatdan ikki nafardan kibersportchi eFootball simulyatorida o'z vatani terma jamoasi bilan o'ynaydi. Tashkilotchilar yanada qiziq bo'lishi uchun aynan Osiyo kubogiga berilgan qaydnomadagi futbolchilar bilangina o'ynashni belgilab qo'yishgan. Masalan, o'zbekistonlik kibersportchilar Eldor SHomurodov va Husniddin Aliqulovni o'ynata olishmaydi.
O'zbekistondan Salohiddin Esanov va Rashid Hakimov ishtirok etishadi.
Kibersport bo'lgani uchun O'zbekiston Suriya bilan ikki marta o'ynaydi va ikki o'yin natijasiga ko'ra g'olib aniqlanadi. Musobaqa "Doha Festival City Mall"da o'tkaziladi va 5 fevral kuni yarim final va final o'yinlari bo'lib o'tadi.
Bugungi ochilish marosimiga xuddi Osiyo kubogida bo'lgani singari OFK prezidenti SHayx Salmon Ibrohim bin Al Xalifa ham tashrif buyuradi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Миср терма жамоаси собиқ юлдузи кечаги учрашувдан сўнг жамоа бош мураббийини танқид қилди
Fikrlar