So’nggi yangiliklar

21:15BALLON D'OR-2025  4 20:57"Реал"нинг асосий юлдузларидан бири январда жамоани тарк этиши мумкин  2 19:53УEФА Исроилни барча Европа мусобақаларидан четлаштириш ниятида  16 19:22Бензема Европага қайтиши мумкин: Моуринью Каримни "Бенфика"га чақирди  4 18:54Рубен Диаш: "Арсенал" билан ўйин биз учун ноодатий кечди"  0 18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  4 18:00"Олтин тўп" ва "The Best" мукофотлари ўртасида қандай тафовут мавжуд?  4 17:38"Реал" "Олтин тўп" маросимини бойкот қилди  35 17:12"Манчестер Юнайтед" футболчиси Instagram ва Facebook'даги барча суратларни ўчириб ташлади. Мухлислар уни бунга мажбур қилди  3 16:45Футзал. Ўзбекистон - Шарқий Тимор 7:1  6 16:14"Барселона" Ҳоландга кўз тикди  10 15:47ПСЖ "Олтин тўп"ни топшириш маросимида қатнашмайди. Нима учун?  18 15:25Хет-трик қайд этган легионер, рақибни тор-мор келтирган мураббий, финт билан гол урган футболчи — Суперлигада 22-турнинг энг яхшилари  5 15:03Цигер, Исмоилов, Ғиёсов, Табатадзе, Бегич... Суперлига 22-тур рамзий терма жамоаси  0 14:42Клюйверт Гиннес рекордлар китобига кирди  5

Bugun BAA chempionatida o'zbeklar derbisi - Hamdamov G'anievga qarshi Yangiliklar

Bugun BAA chempionatida o'zbeklar derbisi - Hamdamov G'anievga qarshi

Futbol bo'yicha BAA pro ligasining 13-turida "SHabab Al Ahli" jamoasi o'z maydonida "Al Nasr"ni qabul qiladi.

Mazkur uchrashuvning o'zbekistonlik muxlislar uchun ahamiyatlisi shundaki, bu turda ular hamyurtlarimizning bevosita o'zaro to'qnashuviga guvoh bo'lishadi. Gap Aziz G'aniev va Doston Hamdamov haqida ketmoqda. 

Yaqindagina Dubayning "Al Nasr" jamoasiga ko'chib o'tgan Hamdamov bir yildan oshiq davomida amirliklarda to'p tepib kelayotgan G'anievning "SHabab Al Ahli" jamoasiga qarshi safarda maydonga chiqadi. Jamoalar shu kunga qadar barcha musobaqalarda o'zaro 37 marotaba to'qnashishgan. 20ta o'yinda "SHabab Al Axli" g'alaba qozongan bo'lsa, 8ta o'yinda "Al Nasr"ning qo'li baland kelgan. 9ta uchrashuvda tomonlar murosa ko'chasini tanlashgan. Maydon egalari raqib darvozasiga 67 bor yo'l topgan, mehmonlar esa 47ta gol urgan. "SHabab Al Axli"ning eng yirik g'alabasi 5:0, Yurchich shogirdlarining eng yirik g'alabasi esa 4:0. Eng yirik hisobdagi durang 3:3 ko'rinishida bo'lgan. 


Shabab Al-Ahli Dubai FC

Yahya Al Ghassani - 50'

Arabian Gulf League . 13-tur

15/01/2021, 21:00

0
:
1
Tugadi

Al-Nasr SC

45'
90'
17'  Mohammed Marzooq
50'  Yahya Al Ghassani
50'  Federico Nicolas Cartabia
60'  Waleed Hussain (Abdalla Al Naqbi)
73'  Federico Nicolas Cartabia
84'  Walid Abbas
86'  Federico Nicolas Cartabia (Mohammed Juma Eid)
90'  Yahya Al Ghassani (Saeed Ahmed)
32'  Mohamed Fawzi
58'  Mahmoud Al Hammadi (Rashed Mohamed Omer)
65'  Glauber
71'  Hussain Mahdi Mohammed (Mohanad Obaid)
76'  Rashed Mohamed Omer
80'  Dostonbek Khamdamov (Jassim Yaqoob)



Mezbonlar 12ta uchrashuvda 16 ochko jamg'argan holda 8-o'rinda ketmoqda. Bu jamoaga yaqinda BAA futbolida katta obro'ga ega bo'lgan mutaxassis Mahdi Ali bosh murabbiy etib tayinlandi. Ispaniyalik Jerard Saragosaga esa qoniqarsiz natijalar tufayli chiqish eshiklari ko'rsatildi. O'zbekistonlik futbolchi Aziz G'aniev barcha uchrashuvda maydonga tushdi va 1ta gol urish bilan birga jamoadoshlarining 4ta goliga assistentlik qildi. Hakamlar tomonidan 2 bor sariq kartochka bilan jazolandi. Jamoadan 19 yoshlik Igor Jesus 10ta gol bilan to'purarlar poygasida "SHarja" hujumchisi Velliton (11ta gol)dan so'ng ikkinchi pog'onani egallamoqda. 

Doston Hamdamov to'p tepayotgan "Al Nasr"ning qayd etayotgan natijalari chakki emas. Uning jamoasi sovrinli o'rinlar uchun kurashni davom ettirmoqda. 12ta uchrashuvda 24 ochko jamg'argan va 3-o'rinni band qilib turibdi. Jamoani ayni paytda xorvatiyalik Krunoslav Yurchich boshqarmoqda. Argentinalik futbolchi Sebastyan Talyabue 5ta gol bilan jamoasining to'purarlasi orasida etakchilikni qo'liga olgan. Hamdamov bugun BAA chempionatida debyutini o'tkazishi kutilmoqda. 





Bundan tashqari Toshkent vaqti bilan soat 18:00da o'zbekistonlik futbolchi Otabek SHukurov o'ynayotgan "SHarja" klubi o'z maydonida "Ittihod Kalba"ni qabul qiladi. "SHarja" 12ta o'yindan 29 ochko to'plab musobaqa jadvalining birinchi pog'onasida bormoqda.

Sharjah Cultural Club

Otabek Shukurov - 36'

Arabian Gulf League . 13-tur

15/01/2021, 18:00

0
:
1
Tugadi

Al Ittihad Kalba

45'
90'
36'  Otabek Shukurov
36'  Igor Coronado
68'  Igor Coronado
81'  Saif Rashid Nasir (Abdullah Ghanim Juma)
85'  Shaheen Abdulrahman
88'  Welliton (Mohamed Khalfan Ali)
90'  Marcus Meloni
90'  Igor Coronado (Khalid Bawazir)
30'  Davide Mariani
74'  Mohammed Sebil (Dawood Ali)
74'  Junior Fernandes (Ahmed Al Naqbi)
74'  Mansoor Al Baloushi (Waleed Ambar)
87'  Wanderson (Sultan Adill Alamiri)
88'  Nasser Abdulhadi (Yaqoub Al Hosani)


BAA CHEMPIONATI MUSOBAQA JADVALI

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика