U-17 Osiyo Kubogi finalida qizil kartochka olgan Sarsenbaev JCH guruh bosqichida O'zbekiston terma jamoasiga yordam berolmaydi
22 sen 13:01
Yangiliklar
U-17 Osiyo Kubogi finalida qizil kartochka olgan Sarsenbaev JCH guruh bosqichida O'zbekiston terma jamoasiga yordam berolmaydi
O'zbekiston U-17 terma jamoasi hujumchisi Nurbek Sarsenbaev Saudiya Arabistoniga qarshi final uchrashuvidagi qizil kartochka tufayli 3 ta o'yinga chetlashtirilgan.
Shu yilning aprel oyida bo'lib o'tgan U-17 finalida O'zbekiston Saudiya Arabistoni bilan to'qnash kelib, yakunda 9 kishi bo'lib qolib 2:0 hisobida g'alaba qozongandi. Mazkur uchrashuvning 40-daqiqasida maydondan chetlatilgan futbolchiga 3 o'yinlik diskvalifikaciya jazosi belgilangan.
U terma jamoa bilan 3-25 noyabr kunlari o'tkaziladigan Jahon chempionatiga yo'l olsa, guruh bosqichida Paragvay, Irlandiya va Panamaga qarshi bellashuvlarni o'tkazib yuborishiga to'g'ri keladi.
Avvalroq O'zbekiston U-17 terma jamoasining navbatdagi yig'iniga chaqirilgan futbolchilar ro'yxati malum qilingan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar