Bu qiziq! Italiya klubi bir kunda ikkita murabbiyni almashtirdi
20 noy 2024 22:34
Yangiliklar
Bu qiziq! Italiya klubi bir kunda ikkita murabbiyni almashtirdi
Italiyaning to'rtinchi divizionida o'ynaydigan "Pyachenca" klubida antiqa voqea sodir bo'ldi. Jamoa bir kunning o'zida ikkita murabbiyni almashtirdi. Oltita o'yindan beri g'alaba qozona olmayotgan "Pyachenca" klubi erta tongdan amaldagi bosh murabbiy Karmine Parlatoning istefosini elon qildi. Uning o'rniga Simone Bentivolo ismli mutaxassis bosh murabbiy etib tayinlandi.
Jamoa muxlislari bu o'zgarishni umuman qabul qila olishmadi va yangi murabbiy tanlovidan norozi bo'lishdi. Simone Bentivolo qo'l ostidagi birinchi mashg'ulotdan keyinoq jamoa muxlislari norozilik namoyishi o'tkazishdi va agar murabbiy ishlashda davom etsa, jamoa o'yinlariga boykot elon qilish bilan tahdid qilishdi. Muxlislarning bunday noroziligiga Simone Bentivoloning o'tmishi sabab. Simone 2011 yilda kelishilgan o'yinlarda ayblangan. Yakunda o'z aybiga iqror bo'lib, 13 oylik diskvalifikaciyani o'tagandi.
"Pyachenca" rahbariyati muxlislarning fikriga quloq soldi va o'sha kunning o'zida Bentavoloni istefoga chiqardi. Keyin esa jamoaga boshqa bir mutaxassis – Stefano Rossini bosh murabbiy etib tayinlandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar