So’nggi yangiliklar

12:01"Хоразм"-"Бунёдкор": устунлик "қалдирғочлар" томонидами?  0 11:12Эксперт фикри. Абдуқаҳҳор Ҳожиакбаров: "Пахтакор"ни ютган "Навбаҳор"да ўзига ишонч юқори"   1 10:28"Реал"дан учралган мағлубиятдан сўнг Гвардиола нималар деди?  23 09:49Артета навбатдаги ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  4 09:21"Манчестер Сити"ни мусобақадан чиқариб юборган Арбелоа нималар деди?  12 08:53Садио Мане Сенегалдан чемпионликни олиб қўйилганига кескин муносабат билдирди  9 08:25Гвардиола: "Ҳусанов учун бу EЧЛдаги илк тажриба йили бўлди"  17 07:57Суперлига. Бугун 4-турга старт берилади  3 07:30Sofascore. Ҳусанов ҳимоячилар орасида энг юқори баҳога лойиқ кўрилди  10 07:30ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Реал Мадрид" 1:2  55 05:55Шиддатли кечган баҳсда ўсмирларимиз Марокашни мағлуб этишди  3 03:05ЕЧЛ. "Арсенал" жавоб учрашувида "Байер"ни мағлубияга учратиб, чорак финалга йўл олди  18 03:00ПСЖ "Челси"ни иккинчи учрашувда ҳам йирик ҳисобда мағлубиятга учратиб, кейинги босқичга йўл олди  41 02:56Даҳшат! Сенегалдан Африка чемпионлиги олиб қўйилди. Марокаш терма жамоаси финалдан икки ой ўтиб, Африка миллатлар кубоги ғолиби деб топилди!   42 02:55ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди  383

Simone Inzagi: "Nasaf" qanchalik kurash taqdim eta olishini Jiddada namoyish etdi" Yangiliklar

Simone Inzagi: "Nasaf" qanchalik kurash taqdim eta olishini Jiddada namoyish etdi"

Ertaga Elit OCHLning navbatdagi tur o'yinlari bo'lib o'tadi.

Unda Qarshining "Nasaf" jamoasi o'z maydonida Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubini qabul qiladi. Uchrashuvdan avval mehmonlar bosh murabbiyi Simone Indzagi va futbolchi Markos Leonardo fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Barchaga xayrli kech. Biz Qarshiga 2-tur o'yinida ishtirok etish uchun keldik. "Nasaf" yaxshi jamoa. "Nasaf" qanchalik kurash taqdim eta olishini Jiddada namoyish etdi. Tarkib ham ancha kuchli, ayniqsa individual jihatdan kuchli o'yinchilar", - dedi Simone Indzagi.


"O'yin qiyin bo'lishini kutyapman. "Nasaf" jiddiy raqib va ertangi uchrashuv biz uchun boshqacha bo'ladi. Sababi bu Saudiya chempionatidagi navbatdagi o'yin emas. Bu Elit OCHL. Ertaga yaxshi natija qayd etish uchun borimizni beramiz", - dedi Markos Leonardo.




- Jamoangizning Saudiya chempionatiga tayyorgarligi bilan OCHL o'yinlariga tayyorgarlik ko'rish tizimi farq qiladimi? Qaysi musobaqa siz uchun muhimroq?

- Menga barcha musobaqalarga muhim. Farqi yo'q, chempionatmi yoki Kubok yoki OCHL. Men musobaqalarni ajratmayman va barchasiga kurashaman.

- Darvin Nunesni Qarshiga olib kelmadingiz. Nunes hali jamoa o'yiniga to'liq moslashib ulgurmadi desak bo'ladimi?

- Nunesning tizzasida jarohati bor. U FIFA kunlarida tezroq safga qaytib oladi degan umiddaman.

- Saudiya Arabistoni terma jamoasi so'nggi vaqtlarda kuchsizlanib qolgandek. Bunga sabab, Saudiya klublarining yaxshi legionerlarni o'z safiga qo'shib olishidanmi? Ushbu jihatlar bir-biriga bog'liq deb o'ylaysizmi?

- Saudiya Arabistoni chempionati darajasi juda yaxshi deb o'ylayman. Klublar kuchli va yaxshi tashkiliy ishlar. Terma jamoaga kelsak, ularni ham kuzatishni boshladim. Terma jamoa bosh murabbiyi bilan tanishmiz. Saudiya Arabistoni terma jamoasining so'nggi ikki uchrashuvini tomosha qildim.



Futbolchiga

- Markos Leonardo o'tgan o'yinda qaydnomada emas edi. Ertangi bahsdan oldin esa u qaydnomadan joy oldi, ammo Joao Kanselu qaydnomadan tushib qoldi. Shu haqda fikr bildirsangiz.

- Bu normal holat. Ikki xil turli holat. Men boshida qaydnomada bo'lmasam kerak va safarga bormayman deb o'ylagandim, ammo hozir men tarkibdaman va safarga keldim. Bu imkoniyatdan maksimal foydalanmoqchiman.

- Ushbu musobaqadagi "Al Hilol"ning maqsadi qanday va boshqa davogarlarning imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Barcha jamoalarni o'rganib va kuzatib bormoqdamiz. "Duhail" bizning birinchi raqibimiz edi, endi esa "Nasaf"ga qarshi o'ynaymiz. "Al Hilol" ushbu musobaqada g'alaba qozonish uchun borini beradi.


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика