So’nggi yangiliklar

00:57"Арсенал"га МЮ тарбияланувчиси керак  0 00:24Мане 2015 йилда нега МЮга ўтмаганини айтди  0 23:54Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 23:37"Пахтакор" 7 ўйин деганда Суперлигада "Насаф"ни мағлуб этди  2 23:13Дуайт Йорк "Юнайтед"да Шешконинг ўрнига кимни ўйнатиш кераклигини айтди  1 22:50Каррагер "Ливерпуль" ҳақида: "Мавсумни тўлақонли пароканда қилиш учун марказий ҳимоячи жароҳат олса бўлгани"  0 22:16Жорди Альба: "Ямал ва Мессини солиштириш нотўғри"  0 21:54Камолиддин Тожиев: "Мухлисларга ёқадиган ўйин бўлди"  2 21:39Рўзиқул Бердиев "Пахтакор" майдонидаги мағлубиятдан кейин нималар деди?  36 21:21Аденис Шала: "Пахтакор"дан яхшироқ ўйнадик"  5 20:59Игорь Сергеев: "Мавсумни муносиб якунлаш керак"  3 20:39"Сурхон"нинг футболчилари олдида қарзлари бор  14 20:19Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди  172 20:05Суперлига. "Сурхон" – ОКМК 0:0  0 19:47Бьелса Уругвай терма жамоасини тарк этиши мумкин  1

"Bu - maqsadlari yuqori "Andijon". Legionerga aylanishdan ko'ra muxlislar to'la stadionda o'ynashni istadim" - "Burgutlar"ning yangi qalqoni nimalar dedi? Yangiliklar

"Bu - maqsadlari yuqori "Andijon". Legionerga aylanishdan ko'ra muxlislar to'la stadionda o'ynashni istadim" - "Burgutlar"ning yangi qalqoni nimalar dedi?

O'tgan mavsumni ko'tarinki kayfiyatda yakunlagan "Andijon" jamoasi allaqachon tarkibni kuchaytirish ishlarini boshlab yubordi.

Kecha klub o'zining limitdan tashqari dastlabki transferlarini elon qildi. Darvoza chizig'idagi raqobatni mustahkamlash uchun OKMK kiperi Valijon Rahimov taklif etildi. Biz esa uning yangi jamoasi haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.

- 5 yillik faoliyatingizdan so'ng Olmaliqni tark etdingiz. OKMK yangi darajaga chiqishingizga turtki bo'ldimi? 

- Allohga shukurki, Olmaliqda o'tkazgan 5 yilim juda zavqli va esda qolarli onlarga boy bo'ldi. Ajoyib hissiyotlarni so'z bilan tariflab bera olmayman. Superligada, OCHLda debyut qildim. Terma jamoadan chaqiruv oldim.  SHu vaqt mobaynida qo'llab-quvvatlagan muxlislar, murabbiylar, rahbariyat va jamoadoshlarimga katta rahmat aytaman. Kelgusida ularga ulkan zafarlar tilab qolaman. 

- O'tgan mavsumda o'yin amaliyoti etarlicha bo'lmadi. OKMKdan ketish uchun asosiy sabab edimi yoki shunchaki muhitni o'zgartirishmi? 

- To'g'ri, oxirgi mavsumda o'yin amaliyoti kam bo'ldi deya olaman. Futbolchi uchun bu narsa muhim ahamiyat kasb etadi. Jamoamni va muhitni almashtirish vaqti kelib qolgandi. Ketish haqida o'ylash va bir qarorga kelish oson bo'lgani yo'q. Lekin bu - futbol. Barcha bilan do'stona xayrlashish yoqimli hislarni taqdim qildi. Hammadan minnatdorman.

- "Andijon"ning OCHLda o'ynashi tanlovning asosiy faktoriga aylandimi?

- So'nggi yillarda "Andijon"ning maqsadlari yuqoriladi. Sezilarli darajada o'zgarishlar yuz bermoqda. Rahbariyat bilan gaplashdik, murabbiylar fikrini so'radim. Bu yangi jamoaga o'tishimda o'z tasirini o'tkazmay qolmadi. Menda boshqa jamoalardan takliflar, qolaversa legionerga aylanish imkoniyati paydo bo'lgandi. Ammo "Andijon"dagi atmosfera, muxlislar to'la stadionda o'ynashni ko'proq istadim. OCHLdagi qiziqarli uchrashuvlar ham o'zgacha motivaciya berishi shubhasiz.

- "Andijon" haqida bilasiz, ko'p bor to'qnash kelgansiz. Bugungi jamoaga qanday tarif berasiz?

- Hozirgi "Andijon" ancha shakllanishga ulgurdi. Keyingi mavsumga jamoa o'zagini saqlab qolgan holda tarkib yana kuchaytirilishi kutilmoqda. Yangi mavsumda maqsadlar yuqori bo'ladi. Bu yo'lda barchamiz birlashib harakat qilamiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика