So’nggi yangiliklar

00:11Санчога харидор топилди  0 23:52"Реал"нинг янги футболчиси: "Мен учун энг зўр футболчи - Месси"  0 23:22Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" вазифани уддалай олмади  0 22:59Ринат Дасаев: "Ўзбекистонга Жаҳон чемпионатида омад тилайман"   1 22:38Тимур Кападзе: "Майдонга Дасаевга гол ураман деб тушган эдим"   1 22:14Доннарумма "Сити"да қанча маош олади?  3 21:53Расман: Мастантуоно - "Реал" футболчиси!  4 21:29Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" сўнгги босқич олдидан мағлуб бўлди  6 21:04"Манчестер Юнайтед" футболчиси фаолиятини "Вест Бромвич"да давом эттириши мумкин  0 20:39Ўзбекистон терма жамоаси афсоналари Россия фахрийлари билан дуранг ўйнади  12 20:25"Манчестер Сити" ва Абдуқодир Ҳусанов 2025/26 йилги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди   4 19:56"Барселона" Майамида ташкил этиладиган "Вильярреал"га қарши ўйин ортидан 5 млн евро ишлаб олади  0 19:25"Манчестер Юнайтед"нинг Лига кубоги 2-босқичидаги рақиби аниқланди  2 18:58"Манчестер Сити"нинг янги футболчиси 10-рақамли либосни олади  1 18:30"Одил Аҳмедов ФА" U-16 "Реал", "Динамо" Тбилиси ва "Црвена Звезда" билан ўйнайди   3

⚡️ Braziliya A Seriyasi – 2022 yildagi eng yaxshi chempionat. APL ikkinchi, O'zbekiston Superligasi esa RPLdan yuqorida va Osiyoda kuchli to'rtlikda Yangiliklar

⚡️ Braziliya A Seriyasi – 2022 yildagi eng yaxshi chempionat. APL ikkinchi, O'zbekiston Superligasi esa RPLdan yuqorida va Osiyoda kuchli to'rtlikda

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federaciyasi (IFFHS) 2022 yil yakunlariga ko'ra, milliy chempionatlar reytingini tuzib chiqdi.

Unda o'tgan yildagi kabi Braziliya A Seriyasi peshqadam sifatida ko'rsatildi. Ular hisobida 1181 ochko bor. APL ham 2021 yildagi o'rnini saqlab qolib, 2-pog'onaga joylashdi. La Liga esa kuchli uchlikka yakun yasadi.

Top-10 quyidagicha:

1. Braziliya chempionati – 1181 ball;

2. Angliya – 1086;

3. Ispaniya – 967,5;

4. Germaniya – 921,5;

5. Italiya – 866;

6. Franciya – 855;

7. Portugaliya – 853,25;

8. Niderlandiya – 808,75;

9. Argentina – 798,5;

10. Paragvay – 701;

…….

15. Turkiya – 582,5.

Osiyo futbol konfederaciyasiga azo mamlakatlar orasida hali hamon Janubiy Koreya chempionati peshqadamlik qilmoqda. Ular umumiy ro'yxatda 18-o'rinda ko'rsatilgan. O'zbekiston Superligasi esa qitada to'rtinchi o'ringa ko'tarildi. CHempionatimiz 2021 yildagiga qaraganda 9 pog'ona yuqorilab, 57-o'rindan joy oldi. Superliga oldingi reytingda 66-bo'lib turgandi.

OFKdagi eng yaxshi chempionatlar:

18. J.Koreya – 525,25;

30. Yaponiya – 402;

40. S.Arabistoni – 352,75;

57. O'zbekiston – 297;

63. Eron – 284,5;

64. BAA – 281,75;

67. Qatar – 267;

71. Tailand – 257,26;

74. Xitoy – 250,6.

Eng quyi pastlash Rossiya Premer-ligasi va Ukraina chempionatida bo'lgan. RPL 36-o'rindan 80-pog'onaga, Ukraina birinchiligi 27-o'rindan 73-pog'onaga tushib ketgan. Belarus Oliy Ligasi esa 78-o'rinni band etdi.

IFFHS. O'zbekistonning uch klubi 2022 yilgi reytingdan o'rin oldi. “Barsa” 20-o'rinda, Ronalduning jamoasi esa top-500'da ham yo'q

O'zbekistonlik 2 futbolchi XXI asrda milliy chempionatlarda eng ko'p gol urgan to'purarlar ro'yxatidan joy oldi. Peshqadam – Ronaldu, Messi esa ikkinchi 

Muallif : Eldor Akmurzayev
Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика