"Borussiya" va Mukoko o'rtasida yangi shartnoma bo'lmaydi
17 dek 2022 16:35
Yangiliklar
"Borussiya" va Mukoko o'rtasida yangi shartnoma bo'lmaydi
"CHelsi" va boshqa yirik klublarning qiziqishi tufayli 18 yoshli forvard Yussufa Mukoko hozirgi klubi bilan yangi bitim tuzmayapti. Avvalroq nemis klubi germaniyalik futbolchiga 5-6 mln evrolik maosh taklif qilgani aytilgandi, biroq hozir bu bahslarga sabab bo'lmoqda.
Manbaga intervyu bergan o'yinchining agenti Patrik Uilyams shunday dedi:
"Tasdiqlashim mumkinki, biz hozir Dortmundning "Borussiya"si bilan yangi bitim tuzishga yaqin emasmiz. SHuningdek, sizni ishontirib aytamanki, tarqalayotgan raqamlar to'g'ri emas va Yussufaga hech qanday bitim taklif qilinmagan. Lekin biz hali ham klub bilan aloqadamiz va keyingi kunlarda nima bo'lishini bilmaymiz".
Hujumchi Bundesliga klubida qolishni istaydi, chunki u bu erda o'zini yaxshi his qilmoqda. Lekin Mukoko o'z kelajagiga aniqlik kiritishni va unga ishonadigan jamoada o'ynashni istaydi.
"Manchester Yunayted", "Liverpul", "Barselona" va "Nyukasl" futbolchini qo'lga kiritish uchun harakat qilayotgan bo'lsa-da, "CHelsi" ular orasida favorit bo'lib turibdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar