Bonuchchi: "Manchester Siti"ga 100 mln evro evaziga o'tishga yaqin edim, ammo..."
02 jan 2024 14:53
Yangiliklar
Bonuchchi: "Manchester Siti"ga 100 mln evro evaziga o'tishga yaqin edim, ammo..."
Italiyalik himoyachi Leonardo Bonuchchi 2016 yilda Angliyadan katta taklif olgani, ammo yuragiga quloq solib "Yuventus"da qolganini aytdi.
"2016 yilda "Manchester Siti"ga o'tishga yaqin edim. Ular "Yuventus"ga 100 mln evro taklif qilishdi, ammo biz Turin klubi bilan hamkorlik qilishda davom etishga qaror qildik.
2017 yilda ham "Yuventus" meni sotuvga qo'yganidan so'ng ketish haqida muloqotlar bo'lgandi... Yakunda barchasi o'z navbati bilan sodir bo'ldi.
Gvardiola qo'l ostida o'ynash katta natija bo'lardi, u meni kuchaytirardi. Ammo, shikoyat qilishim gunoh, sababi klub miqyosida va shaxsiy ko'plab sovrinlarni yutdim, shuningdek Italiya terma jamoasi bilan Evropa chempioniga aylandim. Doim yuragimga quloq solganman, shu sabab ham "Yuventus"da qolganman", — deydi Bonuchchi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar