So’nggi yangiliklar

18:00"Қўқон-1912" — "Қизилқум" 0:0 (матнли трансляция)  1 17:57Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи". Таркиблар маълум  3 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  10 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  15 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  6

Bobur Zuhriddinov: “Jizzaxda yosh istedodlar juda ko'p” Yangiliklar

Bobur Zuhriddinov: “Jizzaxda yosh istedodlar juda ko'p”

Yoshlar ligasi 18-turida “So'g'diyona” o'rinbosarlari o'z maydonida “Lokomotiv” yoshlarini qabul qildi va ishonchli 2:0 hisobida g'alaba qozondi.

Jamoani yaqindagina qabul qilib olgan Bobur Zuxriddinov boshqaruvidagi ilk g'alaba bo'ldi. O'yindan so'ng o'rinbosarlar bosh murabbiyi Bobur Zuxriddinov uchrashuv borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Avvalo o'rinbosarlar jamoasiga befarq bo'lmagan barcha muxlislarni g'alaba bilan  tabriklayman.  Bugungi o'yinda o'ylagan rejamiz amalga oshdi. Birinchi bo'limda ko'proq ximoyaga etibor qaratgan bo'lsak-da , ikkinchi bo'limda bir kishi kam bo'lib harakat qilganimizga qaramay xujumga etibor qaratdik.  O'yin shiddatli bo'lishini kutgan edik. SHuning uchun ham bir nechta rejalarni amalga oshirishga harakat qildik. “So'g'diyona” o'rinbosarlarini qabul qilganimdan so'ng uchinchi o'yinni o'tkazdim. Yoshlarda 12 o'rinda borayotganiga qaramay o'ziga bo'lgan ishonch juda past. Hozirgi kunda nafaqat jismoniy, balki ruxiy tayyorgarlik ham  yaxshi bo'lishiga etibor qaratayapmiz.Bugungi o'yinda futbolchilar o'zgacha ishonch bilan harakat qilishdi. Ayrim kamchiliklarni ustida ishlasak o'ylaymanki bir qator futbolchilar asosiy tarkibda ham bemalol raqobatni yuzaga keltira oladi.

- Jizzaxda ko'plab yosh va iqtidorli futbolchilar bor. O'smirlar jamoasida ham iqtidor egalari bisyor. Jizzax viloyatida ikkinchi liga musoboqasi o'tkaziladi. Ulardan ham yoshlarni saralab, o'rinbosarlar tarkibiga ko'rikka taklif etish rejamda bor.Kelajakda jizzaxlik yosh charm to'p ustalari nafaqat “So'g'diyona” shuningdek, superliganing boshqa klublarida, O'zbekiston terma jamoalari va xorij maydonlarida ishonchli o'yin ko'rsata olishiga ishonaman.

“So'g'diyona” PFK matbuot xizmati

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика