"Bobur Arena" may oyigacha tayyor bo'lmaydi
23 jan 2023 20:50
Yangiliklar
"Bobur Arena" may oyigacha tayyor bo'lmaydi
Jarayon noyabrda boshlangan bo'lsa-da, biroq hali yangi chim o'tqazishga ulgurilganicha yo'q va chim etishtiruvchilarning fikriga ko'ra, katta ehtimol "Bobur Arena" may oyiga qadar katta futbol uchrashuvlarini qabul qila olmasligi mumkin. SHuningdek, stadionga yangi projektor chiroqlari o'rnatish masalasi ham hozircha yakuniga etmadi.
SHu kabi omillarni inobatga olib, yangi mavsumdagi uy uchrashuvlarini aynan shu stadionda o'tkazishni rejalashtirgan "Andijon-SGS" klubi Farg'onadagi "Istiqlol" arenasi bilan ijara shartnomasi imzoladi va ilk davra o'yinlarini Farg'onada o'tkazadigan bo'ldi.
Superligaga qaytgan, viloyatning bosh jamoasi "Andijon" klubi esa mavsum boshidagi uchrashuvlarini qaerda o'tkazish masalasini yaqin kunlarda hal etadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar