Samvel Babayan: “Kerakli natijaga erishish uchun maksimal darajada harakat qilamiz”
18 dek 23:17
Yangiliklar
Samvel Babayan: “Kerakli natijaga erishish uchun maksimal darajada harakat qilamiz”
- Bugungi o'rtoqlik uchrashuvi oldimizda turgan Osiyo Chempionlar ligasi o'yini oldidan oxirgi tayyorgarlik bosqichi bo'ldi. Chempionat yakunlanganidan keyin yigitlarga 5-dekabrgacha xordiq bergandik va shu sanadan tayyorgarlikka kirishganmiz. Albatta, tarkibimizda muammolar bor edi, jumladan, jarohatlanganlar bir nechtani tashkil qiladi. Qiyin mavsumdan keyin jarohat olganlar 2-3 kun oldin qo'shilishdi, optimal tarkibni shakllantira olmadik. Shunday bo'lsa-da, shu o'yinlar orqali imkoniyatlarimizni ko'rib oldik. Yigitlar talablarimizni alo darajada bajarishdi, ayniqsa, “Bunyodkor” bilan bo'lgan chempionatdagi oxirgi bahsda yaxshi o'yin namoyish etishimizni shu o'yin orqali korsatishdi.
Ertaga Qatarga jo'nab ketamiz va u erda 4 kun mashg'ulot o'tkazamiz. Shu orqali “Al-Ahli”ga qarshi uchrashuvga tayyorgarlik ko'ramiz. Umuman olganda, jamoamizning tayyorgarligi yaxshi o'tdi. Kerakli natijani qo'lga kiritish uchun yaxshi o'yin ko'rsatishga va muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz.
Bir narsani aniq ayta olamanki, jamoadagi hamma vatanparvarlik korsatib, o'z ishimizga professionallarcha maksimum yondashib harakat qilsak, albatta, natijaga erishamiz.
Yigitlar professional. Ular o'yinga juda yaxshi tayyorgarlik ko'rishdi va kerakli natijaga erishishga bor kuchimiz bilan maksimal harakat qilamiz. Murabbiylar shtabi bilan yigitlarga motivaciya beradigan uslublar ustida ishlamoqdamiz.
Viloyat hokimi Shuhratbek Qo'shoqboevich ham jamoa bilan uchrashib, yigitlarga yaxshi motivaciya berdilar. “Bunyodkor” bilan o'yindan xursand bo'lib, shunday ruhda o'ynashimiz kerakligini aytib o'tdi.
Takidlab o'tganimdek, ertaga Qatarga jo'nab ketamiz va 4 kun shug'ullanamiz. 24 dekabr kungi o'yinga hammamiz optimal tarkibda bo'lamiz va Xudo xohlasa, ijobiy natijaga erishamiz, - dedi Samvel Vyacheslavovich klub matbuot kotibiga.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar