So’nggi yangiliklar

07:23Про лига. Бугун 22-турнинг сўнгги учрашуви бўлиб ўтади  0 01:17"Реал" Карвахаль ўрнига ҳимоячи сотиб оладими?  0 00:31Пол Скоулз: "Тен Хагнинг баҳоналари тугаб боряпти"  4 00:00"Олтин тўп" соҳиби Диего: "Беш ой олдин оёғимни операция қилдирдим. Ўзбекистонга келганимда, чап оёғимни ишлатолмасдим"  0 23:50"Шаҳарликлар" ҳужумга ўтди. "Манчестер Сити" АПЛда компенсация талаб қилмоқчи  0 23:28Марсель: "Олтин бутса"ни қўлга киритиш энг катта орзуларимдан бири эди. Бироқ ундан ҳам юқори мақсадим бор эди"  0 23:15Леандро Лино: "Жаҳон чемпионатигача жуда кўп меҳнат қилдик ва бу ўз самарасини берди"  0 22:58Алан Бранди: "Ҳакамлар ҳақида гапирмоқчи эмасман. Нима бўлганини ҳамма кўрди"  4 22:44"Манчестер Сити" судда АПЛни мағлуб этди  7 22:42Пабло Таборда: "Мағлубиятга қарамай, бошимизни баланд кўтарган ҳолда Ўзбекистонни тарк этамиз"  0 22:16Хосе Венансио Лопес Ўзбекистон футзал терма жамоасини тарк этди  12 22:11Тожикистон терма жамоаси Россия билан ўйнашни хоҳламади  7 21:48Назорат учрашуви. "Бунёдкор" - "Сурхон" 1:3  2 21:39Тўртта таймдан иборат назорат учрашувида ОКМК "Локомотив"ни таслим қилди  0 21:11Ўзбекистон терма жамоаси йиғини бошланди, Машарипов ва Шукуровдан интервью  6

Bobur Abduxoliqov: Mavsumni Paxtakorda boshlashim mumkin edi Yangiliklar

Bobur Abduxoliqov: Mavsumni Paxtakorda boshlashim mumkin edi

Teglar :  PaxtakorNasafBobur
O'zbekiston Superligasi turdan-turga qizib, o'z nomiga munosib bo'lib boryaptiki, buni uchrashuvlarda qayd etilayotgan natijalar ham isbotlab turibdi.

Turnir jadvalidagi jamoalarning joylashuvi ham milliy chempionatimizning saviyasi ko'tarilib borayotganidan dalolat beradi. SHu kungacha ochko yo'qotmagan jamoaning o'zi qolmadi.

Amaldagi chempion «Lokomotiv»dan esa bunday omadsiz startni hech kim kutmagandi. Vice-chempion «Nasaf»ni ham mavsumni ko'ngildagidek boshladi, deyish mushkul.

Ehtimol, «temiryo'lchilar» va «ajdarlar»ning OCHL turnirida ishtirok etishayotgani ham ichki chempionatdagi natijalarning pasayib ketishiga sabab bo'lgandir?

Har holda bir vaqtning o'zida ikkita turnirda qatnashish oson emas. Boz ustiga, ulardan biri Osiyoning eng nufuzli musobaqasi hisoblanadi.

Umuman olganda, bizga ana shunday kutilmagan natijalarga boy futbol kerak. Bir tekis kechadigan va scenariysi oldindan malum bo'ladigan chempionatdan zerikkanmiz. Mavsum oxirigacha shunday murosasiz ruhda davom etishi tarafdorimiz.

Bugun etiboringizga «Nasaf» jamoasi hujumchisi Bobur Abduxoliqov bilan uyushtirilgan intervyuni havola etamiz. Suhbatimiz Evropa futbolidan boshlandi.

- Bobur, Evropa klublaridan qaysi jamoaga muxlislik qilasiz?

- «CHelsi»ga. menga Angliya futboli juda yoqadi. Uning jozibasi baribir boshqacha.

- So'nggi yillarda «CHelsi»ga nima etishmayapti?

- Menimcha, barqarorlik. Mavsumni bir maromda o'tkaza olishmayapti.

- «CHelsi» tarkib borasida Angliyaning boshqa etakchi klublaridan kuchsizroqmi?

- O'ylashimcha, yo'q. Jamoada yulduz futbolchilar etarli. Yuqorida aytganimdek, bu jamoa bir tekis futbol namoyish etolmayapti. «Manchester Siti» klubidek barqaror o'yin ko'rsatmayapti.

Bir tomondan «CHelsi» va «Siti»ni hozirgi holatda bir-biri bilan taqqoslab ham bo'lmaydi. Manchesterliklar yovvoyi futbol ko'rsatishmoqda. Yo'ldan chiqqan raqibni «er tishlatishmoqda».

- «CHelsi»ning oltin davri sifatida o'zingiz ko'rgan va bilgan qaysi yillarni aytgan bo'lardingiz?

- 2008 yilgi mavsumni aytishim mumkin. O'sha avlod futbolchilari juda kuchli bo'lishgan.

- Nima uchun aynan «CHelsi»ga muxlislik qilasiz? Masalan, men Andrey SHevchenkoning o'yinlari sabab «aristokratlar» ishtirokidagi uchrashuvlarni tomosha qilganman.

- Yoshligimdan Dide Drogba, Frenk Lempard, Jon Terri singari futbolchilarning o'yiniga havas bilan qarardim. SHu bois ham «CHelsi»ga muxlis bo'lib qolganman.

- Bobur, keling, endi o'zimizning futbol haqida gaplashsak. Afsuski, «Nasaf» uchun bu yilgi OCHL mavsumi guruh bosqichidayoq yakunlanadigan bo'ldi.

Nima deb o'ylaysiz, raqiblar kuchlilik qildimi yoki omadsizlikning boshqa omillari bormi?

- Tan olish kerak, raqiblar bizdan kuchli edi. Eron va Qatar klublari tarkibida tajribali futbolchilar etarli bo'lib, ular aynan individual harakat evaziga muvaffaqiyatga erishishdi. Bazi holatlarda esa bizdan omad yuz o'girdi, ayrim vaziyatlarda tajriba etishmadi.

- Mavsumlar oralig'ida «Nasaf» etakchilarining jamoani tark etishgani ham bunga tasir qildimi?

- Ha, albatta, qaysidir manoda buning ham tasiri bo'ldi. Lekin bu bilan jamoamiz kuchsizlanib qoldi, demagan bo'lardim. Futbol - jamoaviy o'yin.

- Tarkibga qo'shilganlar jamoa o'yinini kuchaytira olishdimi?

- Menimcha, ha.

- Bu yilgi mavsumni boshqa jamoa tarkibida boshlashingiz ham mumkin edi, shundaymi?

- Bilmadim. Menimcha, yo'q.

- Sizni «Paxtakor» o'z safida ko'rishni istagandi-ku! Yoki bu noto'g'ri malumotmidi?

- «Paxtakor»dan taklif tushganini inkor etmayman.

- Lekin bu taklifga rozilik bermadingiz. Bunga etarlicha sabablaringiz bormidi?

- «Nasaf» rahbariyati ushbu transferga rozilik bermadi.

- «Nasaf» bilan qancha muddatga shartnoma imzolagansiz?

- Keling, bu sir bo'la qolsin. Bitimda ushbu malumotni oshkor qilmaslik bo'yicha band bor.

- Joriy mavsum siz uchun «Nasaf» jamoasi tarkibidagi so'nggisi bo'lishi mumkinmi?

- Buni oldindan bilmayman.

- Superligamizning ortda qolgan turlari haqida nima deya olasiz?

- CHempionatimiz juda qiziqarli tarzda o'tkazilyapti. Buni hamma etirof etmoqda. Murosasiz o'yinlar muxlislarni stadionlarga qaytardi, deyish mumkin. Har bir turda kamida ikkita kutilmagan natija kuzatilyapti. Etakchi klublar uchun barcha o'yinlar og'ir o'tmoqda. Hech qaysi jamoa osonlikcha ochko olmayapti. Men hali oson g'alabalar haqida gapirmadim, ochko olishning o'zi qiyinlashib ketdi.

- Qarshida «Metallurg» bilan durang o'ynadinglar. O'sha uchrashuvda jamoaga g'alaba qozonish uchun goldan tashqari yana nima etishmadi?

- Ozgina omad kamlik qildi.

- O'n ikkita jamoa ishtirokidagi chempionatimiz sizga maqul kelyaptimi?

- SHubhasiz.

- «Nasaf» chempionlik uchun kurasha oladimi?

- Ha, albatta, kurasha oladi. Kurashni boshladi ham (kuladi).

- «Lokomotiv» va «Paxtakor» jamoalarining bu boradagi imkoniyatini qanday baholaysiz?

- Bu ikkala jamoa so'nggi yillarda chempionlik uchun kurashib kelyapti. Mavsumlar oralig'ida ikkala klub ham o'z tarkibini sezilarli darajada kuchaytirib oldi. Menimcha, chempionatimiz ancha qiziqarli davom etadi. CHunki bu yildan chempionatimiz formatida o'zgarish ro'y berdi.

Birinchi bosqich yakunlanganidan so'ng kuchli oltilikdan joy olgan jamoalar o'zaro sovrinli o'rinlar uchun kurash olib borishadi. Bu bosqich o'yinlarini muxlislar qatori biz futbolchilar ham sabrsizlik bilan kutyapmiz.

Har bir bahs olti ochko uchun bo'lib o'tadi. Qolgan klublar esa alohida guruhda Superligada «jon» saqlab qolish uchun kurashishadi. Yangi tizim futbolimizning o'sishi uchun xizmat qiladi.


Manba: "Interfutbol" gazetasi

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика