So’nggi yangiliklar

17:21"Қўқон-1912" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  6 15:19ЎзЭл Классикосига превью  14 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  15 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  6 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2

Bobir Abdixoliqov: “Bu mavsum to'purar bo'lishni maqsad qilganman” Yangiliklar

Bobir Abdixoliqov: “Bu mavsum to'purar bo'lishni maqsad qilganman”

Ro'ziqul Berdiev bosh murabbiyligidagi “Nasaf” jamoasi mavsumni ko'tarinki ruhiyatda boshladi.

Qarshiliklar ketma-ket uchta turda yuz foizlik natija qayd etgan holda birinchi o'rinni band etib turibdi. “Ajdarlar” “Qizilqum”, “Andijon”, “Surxon” jamoalari ustidan ishonchli tarzda g'alaba qozondi. Mana shu bellashuvlarda jamoa hujumchisi Bobir Abdixoliqov 3ta gol urdi. Tezkor dribling sohibi milliy terma jamoamizning fevral oyidagi yig'iniga ham jalb qilindi. Yaqinda iqtidorli futbolchini suhbatga chorlab o'zimizni qiziqtirgan savollar javob oldik.



- Superliga bahslari koronavirus sabab malum muddatga to'xtatildi. Demak, ortda qolgan uchta tur haqida fikrlashsak, qisman xulosalar chiqarsak bo'ladi. “Nasaf” o'z falsafasiga sodiq qolgan holda harakat qilmoqda. Jamoaga kelgan yangi futbolchilar, legionerlar ham o'zlarini ko'rsatishmoqda. Bu holat aldamchimi? Yoki jamoaning maqsadlari rostdan ham jiddiymi?
- Albatta. Har bir o'yinda g'alaba ishtiyoqida maydonga tushamiz. Muxlislarimizni xursand qilishni, g'alaba tortiq qilishni o'ylaymiz. Osiyo CHempionlar Ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun harakat qilamiz. Bunga salohiyatimiz etadi deb o'ylayman. Avvalo birinchi o'rinda sog'liq turadi. Boshqa kasb egalari ham o'zlarini asrashlari kerak. Hammasi tez orada o'tib ketishiga ishonaman.

- O'tgan davr mobaynida jamoa avlodlar almashinuvi jarayonini boshidan o'tkazdi. Jamoadoshlaringiz SHarof Muhitdinov, Islom Kenjaboev tajriba to'plab, etakchilikni o'z qo'liga olmoqda...
- Avlodlar almashinuvi hamma jamoada bo'ladi. Qolgan futbolchilar ham maxoratini va tajribasini oshirib bormoqda. Bu bilan to'xtab qolmoqchi emasmiz. Yanada oldinga intilishimiz lozim.

- O'tgan mavsumda Humoyun Murtazoev markaziy hujumda o'ynagani bois siz ko'proq qanotda o'ynadingiz. Bu yil esa vaziyat boshqacha. To'purar bo'lishni maqsad qilganmisiz?
- Qanday musobaqa bo'lishidan qatiy nazar, ko'proq gol urib to'purarlar poygasida etakchilirdan bo'lishga harakat qilaman. Jamoamga foyda tegsa bo'lgani. Superliga, O'zbekiston kubogi, Liga kubogi farqi yo'q.



- Milliy terma jamoa bilan Belarusga qarshi kechgan uchrashuvda ishtirok etdingiz. Taassurotlar qanday? Baribir, olimpiya terma jamoasi bilan o'rtadagi farq katta...
- Evropa vakili bilan tengma, teng o'ynadik. Natija muhim emas. Rasmiy bahslar oldinda hali. O'rtoqlik o'yinlari orqali tajriba va malaka to'playmiz.

- Vadim Abramovda boshqa murabbiylarda ko'rmagan qaysi jihatlarni sezdingiz?
- Ko'proq o'yinni o'z qo'limizga olishimizni aytdi. Nazariy mashg'ulotlarda “Manchester Siti”ning o'yinlarini o'rgandik. Maydonga chiqishdan oldin har tomonlama ko'rsatma berdi.

- Ikki nafar legione Marko Stanoevich, Dilaver Xarisdan nima kutsa bo'ladi?
- Ikkisi ham yaxshi saviyadagi futbolchilar. Stanoevich “Surxon”ga gol urib g'alabaga hissa qo'shdi. Xaris ham chakki emas. Faqat yanada yuqori sport formasiga kirib olishi uchun vaqt kerak.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика